Joriy yilning 29 iyun kuni Bloomberğda Özbekistonning “yaşil” obligatsiyalar bozorini egallaş rejasi haqidagi maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi.

Qayd etilişiça, maqolada agentlik direktori Otabek Nazirov “sukuk” islom moliyaviy instrumenti mamlakat moliya bozorini kuçaytiriş uçun Özbekistonga mahalliy va xalqaro investitsiyalarni jalb qiliş imkonini berişi mumkinligiga diqqat qaratgan. 

Bildirilişiça, Özbekiston fond bozori moliyaviy mahsulotlari xilma-xilligini kengaytiriş maqsadida BMTning Özbekistondagi loyihasi hamda Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlik olib borilmoqda.

“Bizga bir qator moliyaviy instrumentlar kerak. Hozirda uşbu instrumentni joriy qiliş ustida işlab, uni tezroq amalga oşirmoqçimiz. Özbekiston ham islom, ham an'anaviy korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantiriş uçun ulkan salohiyatga ega”, - deydi O. Nazirov.

Ma'lumot uçun, “suquq” yaşil obligatsiyalari investitsiya jalb qilişning keng tarqalgan usuli bölib, loyihaviy moliyalaştiriş hamda ijara unsurlariga öxşab ketadi. Hozirda uşbu bozorning jahondagi aylanmasi taxminan 950 mln dollarni taşkil etadi. Islom instrumentidan foydalanişning investor uçun eng afzal jihati şundaki, bunda qimmatli qoğozning daromadliligi “suquq” çiqarilayotgan loyihaning daromadiga töğridan-töğri boğliq böladi.

Avvalroq, Özbekiston sömda yevrobondlar çiqarişni rejalaştirayotgani xabar qilingandi.