Prezidentning “Toşkent şahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Hujjat bilan 2020-2021 yillarda qurilişi va rekonstruksiya qilinişi zarur bölgan Toşkent şahrining yöl-transport infratuzilmasi obektlarining röyxati e'lon qilindi.
Unga köra, Ahmad Doniş - Nurafşon köçalari kesişmasini (5 ta uçastka) rekonstruksiya qiliş, THAY yölining Beruniy va Orzu çorrahasidan Malika savdo markazigaça bölgan yöl qismini, Farğona yöli köçasini va Yangi Sergeli köçasini rekonstruksiya qiliş möljallangan.
Şuningdek, Qorasaroy köçasi va THAY çorrahasida, THAY va Boğişamol köçasi kesişmasida, THAY va Farobiy köçalari kesişmasida, Amir Temur va Xurşid köçalari kesişmasida, THAY va Amir Temur şohköçasi kesişmasida yöl ötkazgiç hamda Çöponota köçasidan Sergeli tumani Qipçoq köçasigaça bölgan avtomobil yöli va yöl ötkazgiç qurilişi rejalaştirilgan.
2020-2021 yillarda qurilişi va rekonstruksiya qilinişi zarur bölgan Toşkent şahrining yöl-transport infratuzilmasi obektlarining RÖYXATI




















