Xorazm viloyatining turli tumanlaridan tuşgan murojaatlarni örganiş davomida Qöşköpir tumanidagi avtousta qölbola «superkar» yasaganidan xabar topdik. U kişini suriştira-suriştira Qöşköpir tumani paxta zavodining qarşisidagi ustaxona işlaşini aniqladik va qisqa suhbatini olişga qaror qildik.
Dilşod ustaning sözlariga köra, ustaçilikni boşlaganiga 6 yilça bölgan. Bundan avval u Rossiya, Qozoğiston davlatlarida mehnat muhojiri bölib, tirikçilik qilib kelgan.
«Yoşligimdan avtomobillarga qiziqardim, orzum sportkar yasaş edi. Şu holatgaça olib kelişga 4 yil vaqtim ketdi. Endi kuçimiz, imkonimiz yetguniça saloniga işlov beryapmiz», – deydi qöşköpirlik Dilşod usta.

Usta öylab yurgan niyatini amalga oşiriş uçun dastavval gipsokartondan maketini yasab olgan. Söngra asta-sekin moddiy imkon topilişiga qarab, uning «kuzovi» işlangan.
Oğirligi 1 tonnalar keladigan avtomobilga Tico avtomobilining motori qöyilgan bölib, metan gazda harakatlanadi.
Dilşod ustaga köra, avtomobil ustida işlab takomillaştiriş, elektromobilga ham aylantiriş mumkin, biroq bularning barçasi mablağga borib taqaladi.

Xullas, biz Dilşod ustaning «Imron-2»sida harakatlanib, öziga xos test-drayviga ham guvoh böldik. Ustaning ta'kidlaşiça, «Imron-2» soatiga 80-90 km tezlikda harakatlana oladi. Şu bilan birga, uni takomillaştiriş uçun köp iş qiliş kerak.
Avtomobil bilan videolavhada batafsil tanişişingiz mumkin.
















