Bugun kun davomida Toşkent şahridagi tibbiyot muassasalarida jami 126 nafar bemor koronavirusdan tuzalib çiqdi:

  • Şahar 1-son klinik şifoxonasida 53 nafar;
  • Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 44 nafar;
  • Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 14 nafar;
  • 2-son Respublika klinik şifoxonasida 13 nafar;
  • Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 1 nafar;
  • Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasida 1 nafar.

Şunday qilib, ayni paytgaça Toşkent şahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3495 nafar bemor soğaydi. 

Şuningdek, Buxoro viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Qaşqadaryo viloyatida 18 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor soğayib, öz uyiga  kuzatildi.

Buxoro viloyatida koronavirus pandemiyasi davrida 528ta holat qayd etilgan, şu vaqtgaça 504 bemor soğayib çiqdi, bir kişi vafot etdi. Ayni vaqtda 23 bemor davolanişni davom ettirmoqda.

Samarqand viloyatida 460ta holat qayd etilgan, şu vaqtgaça soğayib çiqqanlar soni 400 nafarni taşkil qilmoqda. Ayni vaqtda viloyatdagi şifoxonalarda 58 nafar bemor davolanmoqda (ikki bemor vafot etgan).

Şuningdek, Qaşqadaryo viloyatida 197 holat qayd etilgan, 74 bemor infeksiyadan foriğ bölgan, 123 bemor davolanişni davom ettirmoqda.

Bugun jami 165 nafar bemor kasallikdan tuzalib, hozirda mamlakat böylab soğayganlar soni 5847 nafarni taşkil etmoqda.