Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot kotibi Nigora Xöjayeva respublikada buğdoy iste'moli va uni yetiştiriş bilan boğliq körsatkiçlarni ma'lum qildi.

Unga köra, Özbekistonda bir yilga kişi boşiga örtaça 95 kg buğdoy iste'moli töğri keladi.

«Respublikada 2020 yil ğalla hosili uçun 1 mln 78 ming gektar suvli va 186 ming gektar lalmi maydonda kuzgi boşoqli don ekilgan bölib, umumiy don işlab çiqariş prognoz körsatkiçi 7,6 mln tonna qilib belgilangan.

Respublikada «Özdonmahsulot» AK tizimidagi korxonalarda 3,9 mln tonna, ğallaçilik klasterlari va xususiy don korxonalarida 0,8 mln tonna, fermer xöjaliklarining omborlarida 2,9 mln tonna donni saqlaş imkoniyati mavjud», deya Nigora Xöjayevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinişiça, aholi iste'moli uçun kişi boşiga örtaça 70,2 kg, jami respublika aholisi uçun 2,4 mln tonna un va un mahsulotlari talab etiladi.

«Respublikada un mahsuloti işlab çiqariş yiliga 2,3 mln tonnani taşkil etadi. Xususan, «Özdonmahsulot» AKga qaraşli 44ta korxona 2 mln tonna, 118ta xususiy don korxonasi 340,3 ming tonna un mahsuloti işlab çiqariş quvvatiga ega», deya ta'kidladi vazirlik vakili.