«2019 yilda Birlaşgan Arab Amirliklariga amalga oşirilgan oliy darajali taşrif yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar töplami, şu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsion bitimlar imzolangan edi. Energetika, infratuzilma, kimyo va neft-kimyo, qişloq xöjaligi, turizm va boşqa sohalarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Bugungi kunda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq aniq loyihalar işlab çiqilmoqda. BAA sarmoyasi iştirokidagi korxonalar soni 141tani taşkil etyapti», deyiladi prezident matbuot xizmatida.
Yiğilişda Amirliklar kompaniyalari bilan kelişuvlar öz natijasini berayotgani ta'kidlandi.
Xususan, «Masdar» kompaniyasi Navoiy viloyatida 500 MVt quvvatiga ega şamol elektr stansiyasi qurilişiga investitsiya kiritmoqda, sarmoyalarning umumiy hajmi esa 500 million dollardan oşadi.
Abu-Dabi taraqqiyot fondi iştirokida e'lon qilingan kapitali 1 milliard dollar bölgan qöşma investitsiya kompaniyasi ta'sis etildi. Kompaniya ilk loyihalarni moliyalaştirişni boşladi.
Şuningdek, Abu-Dabi taraqqiyot fondi Samarqand şahrining infratuzilmasini modernizatsiya qilişda iştirok etmoqda.
BAAning «Mubadala» davlat investitsion kompaniyasi bilan energetika sohasida hamda uglevodorodlar qazib olişni köpaytiriş va ularni çuqur qayta işlaşni taşkil etiş böyiça loyihalar işlab çiqilmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Yaponiya, Koreya Respublikasi va BAA bilan hamkorlik böyiça «yöl xaritalari»ning 2020 yil uçun belgilangan çora-tadbirlarini töliq va sifatli bajariş zarurligini ta'kidladi.
Yiğilişda muhokama qilingan masalalar böyiça mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, aniq vazifa va çora-tadbirlar belgilab berildi.















