JSST koronavirusga qarshi 3ta dori sinovini to‘xtatdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni davolash uchun samarali dorini izlash bo‘yicha sinovlar doirasida remdesivirni eng samarali dori deb topib, boshqa 3 ta dori: gidroksixloroxin, lopinavir va ritonavirning sinovlarini to‘xtatdi. Bu haqda JSSTning bayonotida ma'lum qilingan.
JSST mutaxassislari 4 oylik sinovlar yakunlariga ko‘ra, sinalayotgan dori vositalaridan eng samaralisi remdesivir ekanini aytishgan.
"Sinovlarning dastlabki natijalari gidroksixloroxin va lopinavir/ritonavir koronavirusga chalinganlar orasida o‘lim holatlarini kamaytirmasligini ko‘rsatdi. Shu sababli JSST Birdamlik sinovlari Xalqaro boshqaruv qo‘mitasining ushbu dorilar sinovini to‘xtatish bo‘yicha tavsiyasini qabul qildi”, deyilgan bayonotda.
Remdesivir, gidroksixloroxin, lopinavir va ritonavir turli kombinatsiyalarda, jumladan interferon bilan birga, JSST mart oyidan beri olib borayotgan “Birdamlik sinovlari”da qo‘llangan. Sinovlarda 4,5 mingdan ko‘proq bemor ishtirok etgan.
“Birdamlik sinovlari” 18 martda dunyoda koronavirusni davolashning turli usullari bo‘yicha axborot almashish uchun yo‘lga qo‘yilgan. U turli dorilarning virusga qarshi sinashni va ular orasidan eng samaralisini aniqlashni ko‘zda tutadi. Hammasi bo‘lib dasturda 45 tadan ko‘proq davlat ishtirok etmoqda.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaga markaziy osiyolik migrantlar oqimi kamaygani aytildi
Jahon | 11:27
-
Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:20
-
“5 ta mashina bilan to‘qnashgan” – Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
Jamiyat | 11:18
-
«Bag‘rikeng jamiyat – barqaror davlat» tamoyili asosida tizim yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 11:05
Mavzuga oid

17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi

08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori

14:54 / 30.03.2025
Reuters: JSST moliyaviy muammolar sabab xodimlari sonini qisqartiradi

20:10 / 11.03.2025