Liviya milliy kelişuv hukumati (MKH) Tripolidan 100 km uzoqlikda joylaşgan strategik muhim aviabazaga "xorij aviatsiyasi" hujum uyuştirganini xabar qildi. Ayrim manbalarga köra, bu yerda Turkiya havo hujumidan mudofaa vositalari joylaştirilgan.
Hukumat bayonotida hujumlar ortida qaysi mamlakat turgani ma'lum qilinmagan.
MKH mudofaa vaziri örinbosari Saloh Namruş hujumni Liviya milliy armiyasi qömondoni Xalifa Haftar qöşinlarining jangovar ruhini kötarişga qaratilgan "puxta tayyorlangan va umidsiz" urinişi deb atadi. Namruşning sözlariga köra, MKH bu hujumga "kerakli vaqtda kerakli joyda" javob qaytaradi.
TASS manbasining bildirişiça, uşbu hujum uçun javobgarlikni Haftar qöşinlari öz zimmasiga olgan.
Avvalroq Turkiya Liviya hududida öz harbiy bazasini joylaştiriş huquqiga ega bölgani haqida xabar qilingandi.
Fayz Sarroj boşçiligidagi milliy kelişuv hukumati va Anqara örtasidagi kelişuv Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar va qurolli kuçlar boş ştabi boşliği Yaşar Gulerning Tripoliga taşrifi vaqtida imzolangan.














