https://ok.ru/videoembed/1568865520319

«Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti koronavirus infeksiyasining dunyo mamlakatlari aholisi orasida tarqalişi yanada şiddatli tus olayotganidan ogohlantirmoqda.

Jumladan, bizga qöşni mamlakatlarda ham sönggi kunlarda aholi orasida kasallik qayd etilganlar soni keskin köpayişi natijasida, tibbiyot tizimi katta bosim bilan işlamoqda, joy va dori-darmon taqçilligi yuzaga kelgan.

Yurtimizda ham oxirgi kunlarda aholi orasida kasallik qayd etilişi sezilarli darajada oşgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Sönggi ma'lumotlarga köra, ayni paytda Özbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 10143 nafarni taşkil etmoqda. Şu vaqtgaça 6584 nafar bemor soğaygan, 35 bemor vafot etgan. Ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida 3524 bemor davolanmoqda, şundan 285 nafari örta oğir, 25 nafari oğir, 8 nafari esa öta oğir ahvolda. Bemorlarning 172 nafarida pnevoniya jarayoni keçmoqda.

«Yurtimizda koronavirus bilan boğliq har qanday xavotirli holatga qarşi oldindan zarur çoralar körilgan bölsa-da, koronavirus yuqtirganlarning oşib borayotgani barçamizni huşyor torttirişi lozim.

Hozirda köpçiligimiz koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş, uning oqibatlari haqida köplab ma'lumotlardan xabardormiz. Uning tez yuquvçanligi va alomatlari borasida ham ma'lum tuşunçalarga egamiz. 

Ammo Covid-19’ga çalingan bemorlarning ahvolini öz közingiz bilan körganingizda yanada huşyor bölib, karantin qoidalariga qat'iy rioya etişning qançalik muhim ekanligiga yana bir bor amin bölasiz», deyiladi xabarda.

Toşkentdagi Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasiga yotqizilgan bemor ahvoli oğirlaşgani bois, şifokorlar tomonidan sun'iy nafas oliş apparatiga ulanib, tezkor reanimatsion tibbiy muolajalar körsatilmoqda.

«Mazkur vidoyelavhadagi jarayon barçamiz uçun aççiq saboq bölişi kerak. Ertaga özimiz yoki yaqinlarimizning ham koronavirusga çalinib, şu ahvolga tuşmasligimizga heç kim kafolat bera olmaydi. 

Çunki, yon-atrofimizda kasallik taşuvçi bölib yurganlar yoki koronavirusga çalingan bölsa-da, hali alomatlari yuzaga çiqmagan fuqarolar bölişi mumkinligini aholi orasida kasallikni yuqtirib olayotganlarning köpayib borayotganida ham köriş mumkin.

Bunday vaziyatda koronavirus tarqalişining oldini olişda aholining karantin qoidalariga rioya etişi tibbiyot xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar sa'y-harakatlaridan ham köra, samaraliroq hisoblanadi.