15:58 / 07.07.2020
5519

AQSh onlayn tarzda o‘qiyotgan xorijlik talabalarning mamlakatdan chiqib ketishini talab qilmoqda

Davlat departamenti birinchi semestrda faqat onlayn tahsil oladigan talabalarga viza bermaydi, chegara nazorati xizmati esa ularni chegaradan o‘tkazmaydi.

Foto: AFP/Getty Images

AQShda o‘qiyotgan xorijlik talabalar agarda kuzgi semestrda ularning ta'lim muassasasida o‘qish faqat onlayn tarzda olib boriladigan bo‘lsa, ular mamlakatni tark etishlari shart. Bu haqda AQSh immigratsiya va bojxona politsiyasi saytida ma'lum qilindi. Ushbu talab F-1 va M-1 vizalariga ega talabalarga taalluqli.

Davlat departamenti birinchi semestrda faqat onlayn tahsil oladigan talabalarga viza bermaydi, chegara nazorati xizmati esa ularni chegaradan o‘tkazmaydi. AQSh hukumati talabalarga o‘qish joyini hech bo‘lmaganda kurslarning bir qismi kunduzgi shaklda o‘tiladigan ta'lim muassasasiga ko‘chirishni taklif qilgan. Aks holda esa immigratsiya politsiyasi ularni deportatsiya qilishi mumkin.

 Ta'lim muassasalariga bo‘lajak kurslarning shakli haqidagi ma'lumotlarni axborot tizimida ma'lum qilish uchun 10 kun muhlat berildi.

Immigratsiya politsiyasining qarori xorijlik minglab talabalarga ta'sir qilishi mumkin, deb yozadi CNN.

Amerikadagi ko‘plab universitetlar koronavirus pandemiyasi sababli o‘qitishning onlayn shakliga o‘tish haqida o‘ylamoqda.

Mavzuga oid
Top