Prezident farmoni bilan quyidagilarni nazarda tutuvçi barça normativ-huquqiy hujjatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi hamda Adliya vazirligining tartibga soliş ta'sirini baholaş hamda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining raqobat muhitiga ta'sirini baholaşi natijalari asosidagi xulosalari mavjud bölsagina belgilangan tartibda qabul qilinişi belgilab qöyilmoqda:
- xöjalik yurituvçi sub'yektlarga yangi çeklovlar va yangi turdagi ruxsat beriş tartib-taomillari, litsenziyalar joriy qiliş yoki mavjud çeklov, ruxsat beriş tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini bozor iştirokçilarining yanada kengroq doirasiga tatbiq qilişni;
- ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni oliş uçun qöşimça talablar va şartlarni joriy etişni;
- yuridik şaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oşirişni;
- xöjalik yurituvçi sub'yektlarning belgilangan huquqlarini qisqartiriş (kamaytiriş) yoki ularga qöşimça majburiyatlar yoxud qöşimça xarajatlar joriy qilişni;
- xöjalik yurituvçi sub'yektlarga har qanday turdagi imtiyoz, kafolat, preferensiyalarni belgilaş, şuningdek yangi huquqlar, şu jumladan eksklyuziv huquqlarni berişni.
2021 yil 1 yanvardan boşlab örnatiladigan tartibga köra:
a) davlat xaridlari hamda strategik ahamiyatga ega xöjalik jamiyatlari va korxonalarning xaridlari ijroçilari:
- tender va tanlov savdolari hamda eng yaxşi takliflarni tanlab oliş yakunlari böyiça ğolib deb rasman e'lon qilingan kundan yoki töğridan-töğri muzokaralar yakunlari böyiça qaror qabul qilingan kundan e'tiboran ikki kun mobaynida davlat xaridlari maxsus axborot portalida tegişli ma'lumotlarni joylaştiriş orqali bevosita yoki bilvosita 25 foiz yoki undan köp aksiyalarga (uluşga) haqiqatdan nazorat qilişga ega bölgan özining yakuniy manfaatdor şaxslari (benefitsiarlari) töğrisidagi axborotlarni oşkor qilişlari;
- özlarining veb-saytlarida va maxsus axborot portalida doimiy asosda tender va tanlov hamda eng yaxşi takliflarni tanlab oliş tartib-taomillari hamda töğridan-töğri muzokaralar yakunlari böyiça imzolangan şartnoma majburiyatlari bajarilişi haqidagi ma'lumotlarni joylaştirib borişga majbur.
b) davlat boşqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, tabiiy monopoliya sub'yektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xöjalik yurituvçi sub'yektlar, şuningdek oxirgi uç yilda tovar sotişdan olingan jami tuşumining örtaça yillik miqdori 30 milliard sömdan oşadigan korporativ buyurtmaçilarda faoliyatning raqobat töğrisidagi qonunçilik talablariga muvofiqligini ta'minlaş, ularning buzilişi xavflarini aniqlaş va oldini oliş;
















