90-yillarning boşlaridan Nursulton Nazarboyev davlat rivojlanişining barça sohalarida tezkor islohotlar dasturini işlab çiqdi va milliy modernizatsiyani muvaffaqiyatli amalga oşirdi. U özining rivojlaniş formulasini «avval iqtisod, keyin siyosat» deb belgiladi. Boşqaça qilib aytganda, demokratik institutlarni rivojlantiriş uçun birinçi navbatda iqtisodiy jihatdan rivojlaniş kerak edi. Bugungi kunda uşbu tajriba «Nazarboyev modeli» yoki «Qozoğiston yöli» sifatida ham tanilgan. Uşbu modelning asosini esa puxta va izçil isloh qilingan davlat tuzilmasi taşkil etadi. Agar Qozoğistonning öttiz yillik rivojlaniş tarixini umumlaştiradigan bölsak, mamlakat birinçi prezidentining sa'y-harakatlarini uçta asosiy islohot va rivojlaniş bosqiçi sifatida tavsiflaş mumkin.
Modernizatsiyaning birinçi bosqiçi
Qozoğistondagi birinçi modernizatsiya 90-yillarning boşlarida yuz berdi. Bu davrning maqsadi davlat boşqaruvi tizimini qayta quriş, bozor iqtisodiyotining asoslarini yaratiş va jahon hamjamiyatiga integratsiyalaşuv edi. Uşbu davrda Qozoğiston iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda «uç tomonlama ötiş»ni amalga oşirdi. Qozoğiston demokratiyani davlat apparatining siyosiy rivojlanişi uçun namuna sifatida tanladi. 1995 yilda yangi konstitutsiya asosida ijro, qonunçilik va sud hokimiyatlarining bölinişiga asoslangan siyosiy tizim örnatildi va qonun ustuvorligining poydevori qöyildi. Davlat çuqur iqtisodiy özgarişlarni amalga oşirdi va bozor iqtisodiyotining asosiy mexanizmlarini yaratdi. Davlat noaniqlik muhitida barqarorlikni ta'minladi va jamiyatda etnik va diniy hamjihatlikni saqlab qoldi.
Qozoğiston özini tinçliksevar mamlakat, deb e'lon qildi va SSSRdan meros qolgan törtinçi yirik yadro arsenalidan voz keçdi. Yoş davlat jahon hamjamiyati a'zosi sifatida xalqaro miqyosda tan olingan dunyoning köplab mamlakatlari bilan diplomatik aloqalar örnatdi.
Uşbu jarayonda Qozoğiston kutilmagan harakat bilan davlatning uzoq muddatli rivojlaniş strategiyasini işlab çiqdi. Nursulton Nazarboyev 1997 yilda «Qozoğiston-2030 strategiyasi»ni e'lon qildi. Sobiq sovet ittifoqi davlatlari öz oldidagi eng dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy va içki siyosiy muammolar bilan andarmon bölayotgan bir paytda Qozoğistonning birinçi prezidenti öz mamlakatini öttiz yildan keyingi ufqqa qaraşga undadi.
Modernizatsiyaning ikkinçi bosqiçi
Qozoğistonning ikkinçi modernizatsiyasi 1990-yillarning oxirida boşlangan va 2010-yillar örtalarida yakunlandi. Bu davrda endi davlat sifatida şakllanib, oyoqqa turişni örgangan Qozoğiston 90-yillar boşlarida olib borilgan qat'iy islohotlar samarasini köra boşladi. Nursulton Nazarboyev rahbarligida iqtisodiyot barqaror ösişga erişdi. Mamlakatda zamonaviy davlat institutlari va örta sinf şakllandi. Islohotlar natijasida jamiyatning farovonligi oşdi. 90-yillar boşida aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot (YaIM) hajmi 700 dollarni taşkil etgan bölsa, 2013 yilda bu raqam 12 ming dollarga yetdi. Şu sababli, Jahon banki Qozoğistonni örtaça daromadli mamlakatlar qatoriga kiritdi. Qozoğiston 1998 va 2008-2009-yillardagi inqirozdan jiddiy zarar körmasdan çiqib oldi. Uşbu holat yoş davlatning iqtisodiy qudratini namoyiş etdi va davlat tuzilmasining mustahkamligini isbotladi.













