Renault-Nissan-Mitsubishi alyansi sobiq rahbari Karlos Gon uning Yaponiyadan Livanga qoçişini taşkillaştirişda gumonlanayotgan Piter Teylorning kompaniyasiga 862,5 ming dollar ötkazgan. Bu haqda Massaçusets federal sudiga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
Bu mablağ 27 yoşli Piter Teylor va uning ukasi boşqaradigan Promote Fox LLC kompaniyasiga ötgan yil kuzida bölib-bölib ötkazilgan. Kompaniya hisob raqamiga dastlab 540 ming, söngra 322,5 ming dollar kelib tuşgan.
Agentlikning qayd etişiça, Piter Teylor va uning otasi Maykl Teylor Gonning Yaponiyadan qoçişiga yordam berişda gumonlanib AQŞda qölga olingandi. Ular Yaponiyaga ekstraditsiya qilinişi mumkin.
Yaponiyada Karlos Gon korporatsiya pullarini sarflab yuboriş, işonçni suiiste'mol qiliş va real daromadlarni yaşirişda ayblanmoqda.
Tokioda uy qamoğida bölgan Gon dekabr oxirida Yaponiyadan Livanga qoçib ketgandi.

















