BMT inson huquqlari böyiça oliy komissarining işçi guruhi Nissan sobiq rahbari Karlos Gonning Yaponiyada hibsga olinganligini noqonuniy deb topdi. 

 «Hukumat Gonni qölga oliş uçun huquqiy asos belgilay olmagan. Uning ozodlikdan mahrum qilinişi asossiz bölgan», — deyiladi işçi guruh hisobotida.

 BMT top-menejyerning bir neça marta uşlanişini sud va inson huquqlari deklaratsiyasiga zid deb topgan hamda Yaponiyadan xalqaro huquq böyiça kompensatsiya tölaşni talab qilgan.

Gon 2018 yil noyabrda Yaponiyada qölga olingandi. U 80 million dollar daromadini yaşiriş va soliq tölamaslikda ayblangandi.

 Prokuratura hisobotiga köra, Gon 70 kun hibsda tutib turiş çoğida har kuni, hattoki 11 soatlab söroq qilingan. U 2019 yil dekabrda hibsdan qoçişga muvaffaq bölgan va Livanga yaşiringan. Gon Livan, Fransiya va Braziliya fuqaroligiga ega.