Livan prokuraturasi Renault-Nissan-Mitsubishi avtokonsernining sobiq rahbari Karlos Gonga Livanni tark etişni taqiqladi. MTV telekanalining xabar berişiça, bu qaror Interpol Yaponiyaning iltimosiga köra Gonni qölga olişga order bergani bilan boğliq holda qabul qilingan.
Prokurorlar, şuningdek, Gondan Fransiya pasportini topşirişni söraşgan. Bundan oldin Gon 2 soat davomida söroq qilingan. Undan şuningdek Livanda yaşaydigan manzilini körsatiş, Livan bilan rasman uruş holatida bölgan Isroilga 2008 yilda amalga oşirgan safari haqida söralgan.
Bundan taşqari, livanlik prokurorlar Tokiodan Gon işi böyiça materiallarni söraşgan.
Ma'lum qilinişiça, Interpolning Gonni uşlaşga bergan orderi bajarilişi majburiy hisoblanmaydi. Şuningdek, Livan va Yaponiya örtasida gumonlanuvçilarni özaro ekstraditsiya qiliş borasida kelişuvlar yöq.
Yaponiyada sobiq top-menejyer korporatsiya pullarini xarjlab yuboriş, işonçni suiiste'mol qiliş va real daromadlarni yaşirişda ayblanmoqda.
Tokioda uy qamoğida bölgan Gon dekabr oxirida Yaponiyadan Livanga qoçib ketgandi.

















