Robbi platformasining birinchi mijozi "Kvadrat metr" («VTB» Guruhi loyihasi) bo‘ldi. 

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i Robbi - neyron tarmoqlari va big data texnologiyalariga asoslangan kontentni tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan platformani taqdim etdi.

Ijtimoiy tarmoq jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan platforma qo‘shimcha xodimlarni jalb qilmasdan kontentni qayta ishlash jarayonlarini yaratishga yordam beradi. Robbi, birinchi navbatda, onlayn savdo sohasidagi bizneslar, foydalanuvchi kontentiga ega manbalar, mahsulot ishlab chiqaruvchilar, yetkazib berish xizmatlari va boshqa kompaniyalar uchun foydali bo‘ladi. Masalan, onlayn-do‘konlar Robbi yordamida mahsulotlar haqidagi mijozlar sharhlarini avtomatik ravishda qayta ishlashi, video-xizmatlarda video va strimlarda taqiqlangan kontent va ​​reklamalarni aniqlashi, mediada o‘quvchilarning sharhlari bilan ishlashni optimallashtirishi mumkin. 

Robbi kompyuterda ko‘rish texnologiyasidan foydalangan holda fotosuratlar, videolar va GIF-animatsiyalardagi obektlarni aniqlaydi, suratlardagi takrorlanishlar, havolalar, tasvirlardagi telefon raqamlarini taniydi, matnlarda spamni topadi, jumlalar va dialoglar kontekstini belgilaydi. Robbi platformasining arxitekturasi butun ishlov berish jarayonini rekord vaqt ichida - kuniga 600 million donadan ortiq kontentni bajarishga imkon beradi. Ba'zi hollarda, maxsus vazifalarni bajarish uchun OK guruhini qo‘lda moderatsiya qilish yoki “OK Moderatori" ilovasi orqali kraudsoursing ulanadi, bunda foydalanuvchilar kuniga 6 milliongacha rasmlarni belgilaydilar va tasniflaydilar.

Robbi API orqali ishlaydi, bu kontentni tezda qayta ishlash va tasniflash, mijozga zarur bo‘lgan mezonlar bilan 50 millisoniya tezlikda qaytarish imkonini beradi. Xizmat yirik bizneslar uchun ham, kichik kompaniyalar uchun ham mos keladi: platformadan foydalangan holda kontentni qayta ishlash narxi oyiga 10 ming rubldan.

Platformaning imkoniyatlari Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida va Mail.ru Groupning boshqa loyihalarida kontent bilan ishlashda sinovdan o‘tkazildi. Xususan, OK texnologiyasi “Yula” e'lonlar xizmatiga e'lonlarni moderatsiyalashda yordam beradi, myTarget platformasi uchun reklama moderatsiyasini amalga oshiradi, “Citimobil” taksi xizmati uchun esa avtomobillarning holatini foto nazorat qiladi.

Robbining birinchi tashqi mijozi “Kvadrat metr” (VTB Guruhi loyihasi) ko‘chmas mulk ekotizimi edi. Robbi ekotizimdan qo‘shimcha xodimlar ishtirokisiz “Kvadrat metr” ko‘chmas mulk katalogi kontentini tahlil qiladi: takroriy e'lonlarni, spamni, fotosuratlardagi ta'qiqlangan elementlarni olib tashlaydi. Shunday qilib, ko‘chmas mulk katalogidagi barcha nashrlar tezda yangilanadi va faqat real obektlarni o‘z ichiga oladi. Bu e'lonning yuqori sifati tufayli kontentni saqlash xarajatlarini kamaytirish va mijozlarning sadoqatini oshirish imkonini beradi.