Davlat test markazi bu yilgi kiriş imtihonlari onlayn ötkazilişi töğrisida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
«Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 14 maydagi PQ-4319-son «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlariga mos test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, baholaş mezonlari, test topşiriqlari soni hamda test sinovlarini ötkazişning aniq muddatlari Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini har yilgi şaklda, katta siğimli binolarda, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilgan holda ötkaziş böyiça tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.
Şuni ma'lum qilamizki, davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlariga kiriş imtihonlarini ötkaziş tartibi özgarmagan», deyiladi DTM rasmiy bayonotida.
Bundan oldinroq, AOKAda Özbekistonda qaytadan karantin joriy etilişi töğrisidagi qaror yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanidan keyin turli manbalarda davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlariga kiriş imtihonlari onlayn bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Bu yil kiriş imtihonlari 1 avgustdan boşlanişi rejalaştirilgan. Ammo vaziyatga qarab bu muddat keçiktirilişi ham mumkin.
Test sinovlari bir kunda ikki smenada ötkaziladi.












