Pandemiya qaçon tugaydi, ikkinçi tölqin nima: eng muhim savollarga javoblar va zaruriy tavsiyalar
|19:49 / 09.07.202095 08013 min
Global kun tartibida bölgan yangi turdagi koronavirus – Covid-19 pandemiyasi hamon şiddat bilan tarqalişda davom etmoqda. Dunyo böyiça virusga çaliniş bilan boğliq holatlar soni 12 milliondan oşdi, vafot etganlar soni 552 mingdan oşib ketdi. Epidemiya tarqalgan 188 mamlakatning aksariyatida sönggi paytlarda yana ösiş tendensiyasi kuzatilmoqda. Xöş, bu holatni nima bilan izohlaş mumkin? Ikkinçi tölqin ehtimoli qançalik yuqori? Uni yengilroq ötkaziş uçun nimalar qiliş kerak? Umuman, pandemiya qaçon tugaydi özi? Quyida şu kabi köplab savollarga javob izlab köriladi.
Foto: EPA/Vostock-photoFoto: EPA/Vostock-photo
Dunyo Covid-19’ning ikkinçi tölqinida yaşayaptimi?
Xitoy, Sloveniya va Yangi Zelandiya kabi kam sonli davlatlar kundalik holatlar sonini nolga tuşirişga erişgandi. Ammo köp vaqt ötmay, uşbu mamlakatlarda tağin yangi holatlar qayd etila boşladi. Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika singari mamlakatlarda esa epidemiya hali eng yuqori çöqqisiga çiqqaniça yöq, şuning uçun ham virusga çaliniş bilan boğliq raqamlar kun sayin ösişda davom etmoqda. AQŞ, Eron, Isroil, Portugaliya kabi mamlakatlarda ham virus tarqaliş sur'ati pasaygandi, biroq epidemiyaning egri çiziği yana kötarila boşladi. Hatto virusni jilovlaganday köringan ayrim davlatlarda ham holatlar soni ortib borayotgani juda muhim bir savolni örtaga qöymoqda: dunyo Covid-19’ning ikkinçi tölqinini yaşayaptimi?
JSST, Jahon iqtisodiy forumi, tegişli mamlakatlarning Covid-19’ga qarşi kuraşişga mas'ul vakillari mazkur savolni qizğin muhokama qilmoqda. Ayniqsa, sönggi kunlarda AQŞda holatlar sonining köpayişi ortidan uşbu munozarali masala yana kun tartibiga çiqdi.
Ikkinçi tölqin nima?
Ikkinçi tölqin nima ekani haqida sönggi töxtam va xulosa yöq. Şu sababli, mazkur atamani notöğri işlatiş holatlari ham uçrayapti. Epidemik xastaliklarda «tölqin» tuşunçasini qöllaş 50 million inson ölimiga sabab bölgan 1918 yilgi «ispanka» grippi pandemiyasining avj olişi bilan boğliq holda paydo bölgan. 1918 yil «ispanka» grippi pandemiyasida yil boşida çöqqiga kötarilgan epidemiyaning egri çiziği yoz oylarida yana kötarilib, ikkinçi epidemiya sifatida namoyon bölgan. Qiş oylarida esa epidemiya uçinçi marta, faqat bu safar oldingilariga nisbatan kam raqamlar bilan ösgan va köp ötmay tağin söngan.
Şu tariqa, 1918 yilgi epidemiya bosqiçlarida virusga çaliniş holatlari sonining vaqtga taqsimlanişi tölqinga qiyos qilinib, birinçi, ikkinçi va uçinçi tölqin sifatida nomlangan. Covid-19 pandemiyasidan oldin tarixda eng keng miqyosli pandemiya 1918 yilda röy bergani, Sars-CoV-2 va gripp virusi örtasida ba'zi öxşaşliklar mavjud bölgani sababli taqqoslaş hamda kelajakni başorat qilişda 1918 yildagi pandemiya tebranişlariga tez-tez murojaat qilinadi.
Ikkala pandemiyani bir-biri bilan taqqoslaşni xato deb bilgan va şu bois Covid-19’ning tölqin şaklida davom etişi borasidagi taxminlar notöğri ekanini ilgari surayotgan mutaxassislar uşbu ikki virus örtasidagi farqlarga alohida e'tibor qaratişadi.
Tölqin modeli mavsumiy grippning yil davomida bir neça bor şakl özgartirişi orqali vujudga keladi, ammo Covid-19’ning mavsumiy infeksiya xarakteriga ega ekani hali isbotlanganiça yöq. Uşbu qaraşga köra, Covid-19 holatlari bilan boğliq raqamlarning tölqin sifatida izohlanişi ijtimoiy körsatma va çora-tadbirlarga rioya qiliş yoki qilmaslik natijalari bilan bevosita boğliq.
Mavzuga oid
Aytiş joizki, 1918 yildagi pandemiyaning ikkinçi tölqini yumşatilgan ijtimoiy çoralar ta'siriga emas, balki virus xususiyatlarining özgarişiga köproq boğliq edi. Ya'ni tölqinlarni keltirib çiqargan omillar inson nazorati ostidagi ijtimoiy tadbirlardan emas, balki virusning tabiiy tarkibidagi özgarişlardan iborat edi.
Epidemiyaning «tölqin» tuşunçasiga turliça ma'no yuklayotgan mutaxassislar ham bor. Agar bu tuşunça virus bilan boğliq xususiyatlar emas, balki kundalik holatlar soni ortişi va kamayişi sifatida körib çiqilsa, demak, raqamlar ortgan davlatlar (masalan, AQŞ, Eron) birinçi va ikkinçi tölqin örtasidagi ötiş davrida turibdi, deyiş mumkin. Şu ma'noda, ikkinçi tölqin paydo bölişi yoki bölmasligi uşbu tuşunça bilan nimani nazarda tutilayotganiga boğliq.
JSSTning favqulodda dasturlar böyiça direktori Mayk Rayanning ta'kidlaşiça, virusga çaliniş bilan boğliq holatlarning ortişini ikkinçi tölqin, deb atab bölmaydi. Ikkinçi tölqin tuşunçasiga qanday ma'no yuklanişidan qat'i nazar, u bir tölqinning tugaganini ifodalaş uçun, kasallik tarqalişini töliq nazorat ostiga oliş va kunlik yangi holatlar sonining nolga tuşirilişi va bu holatning ma'lum muddat davom etişini anglatiş uçun qöllanadi. Şu nuqtayi nazardan, AQŞ yoki Eron ikkinçi tölqinni boşdan keçirmoqda, degan fikrlar mavjud bölsa-da, uşbu mamlakatlardagi vaziyat yuqoridagi belgilarga javob bermaydi. Şu sababli, köpçilikning fikriça, AQŞdagi vaziyat birinçi tölqinning davomidir.
«Ikkinçi tölqin» konsepsiyasiga majoziy ma'no yuklagan tadqiqotlar ham mavjud. Masalan, bir tadqiqotda Covid-19 tufayli amalga oşirilgan ijtimoiy çoralar tufayli jamiyatda yuzaga keladigan ruhiy salomatlik muammolari «ikkinçi tölqin» sifatida qayd etilgan.
Boşqa bir tadqiqotda esa bu tuşunça Covid-19 tufayli keçiktirilgan va hal qilinmagan soğliq muammolari yil oxirida yana paydo bölib, soğliqni saqlaş tizimiga katta yuk ortişi mumkinligini ifodalaş uçun işlatilgan. Ta'kidlanişiça, «tiklaniş effekti» sifatida konsepsiyalangan uşbu vaziyat ikkinçi tölqinning muhim tarkibiy qismi bölişi mumkin.
Yana bir tadqiqotda qiş davrida kuçayadigan gripp epidemiyasi yil oxirida kutilayotgan ikkinçi tölqinning unsuri sifatida körsatib ötilgan. Gripp epidemiyasi va Covid-19’ning bir paytda yuzaga kelişi yanada katta muammo tuğdirişi va soğliqni saqlaş tizimiga oğirlik yuklaşi mumkinligi aytilmoqda.
Boşqa tomondan esa Covid-19 doirasida qabul qilingan çoralar (niqob taqiş, qölni toza tutiş, ijtimoiy masofa) gripp epidemiyasining şiddatini kamaytirişi mumkinligi ta'kidlanmoqda.
Ikkinçi tölqin qaçon kutilmoqda?
Vaşington universiteti soğliq ölçovlari va baholaş instituti (IHME) tomonidan e'lon qilingan modellaştirişni öz içiga olgan tadqiqotlar şuni körsatadiki, yil oxirida, ayniqsa, avgust oxiri va dekabr oraliğida ikkinçi tölqin kuzatilişi mumkin. Uşbu taxminlarga asos sifatida quyidagilar keltirilmoqda:
1. Jamiyatning immunitet darajasi juda past
Angliya va Fransiyadagi tadqiqotlar şundan dalolat beradiki, bu mamlakatlarda virusga çaliniş va ölim holatlari juda köp bölişiga qaramay, aholining immuniteti 5 foiz atrofida. Boşqa naşrda keltirilişiça, immunitet darajasi Belgiyada 8 foizdan, Norvegiya, Germaniya va Avstriyada esa 1 foizdan past. Ijtimoiy immunitetni rivojlantiriş uçun immunitetga ega bölgan aholining uluşi qariyb 70 foizni taşkil etişi lozim. Bu esa ijtimoiy immunitetni rivojlantiriş imkoniyatidan ança uzoqda ekanimizni, yuqumli kasalliklarga nisbatan ta'sirçan odamlar soni köp ekanini bildiradi.
2. Virus şimoliy va janubiy yarimşarda mavsumdan qat'i nazar tarqalişda davom etmoqda.
Yoz oylarida virusning issiq yoki ultrabinafşa nurlar ta'sirida kamayişi mumkinligi haqidagi qaraşlar mavjud. Ammo bu qaraşlarga qarşi argument sifatida aytiş mumkinki, yuqumli kasallik qişda ham, yozda ham kuzatilişi, faslga qarab epidemiyaning nisbati özgarişi töğrisidagi dalillar yetarli emas.
3. Covid-19va gripp viruslarining öxşaşliklariga asoslanib aytiş mumkinki, ular tölqin şaklida kuzatilişi mumkin.
AQŞda ikkinçi tölqin kuzatilyaptimi?
AQŞda mart oyi boşidan ortib borgan kunlik holatlarning soni 26 aprelda özining eng yuqori darajasiga yetdi (kuniga 48 ming 529 holat) va 12 mayda bu körsatkiç 12 ming 117ga tuşdi. Mazkur sanadan e'tiboran ijtimoiy çoralar yumşatila boşladi. Ijtimoiy çoralar bekor qilingandan söng, 8 iyulda ikkinçi çöqqi 61 ming 848 holat bilan kuzatildi. Ayniqsa, Arizona, Şimoliy Karolina va Florida ştatlari raqamlar eng tez ösadigan mintaqalardir.
Olib borilgan tadqiqotlar şuni körsatmoqdaki, mamlakatda ijtimoiy çoralar yetarliça nazorat bilan yumşatilmadi. Şuning uçun ham holatlar soni tez ösib bormoqda. Jorj Floydning AQŞ politsiyasi zöravonligi natijasida ölim topişi ortidan butun mamlakat böylab tarqalgan nazoratsiz namoyişlar ham bunga albatta öz salbiy ta'sirini ötkazdi. Ammo ba'zi epidemiologlar namoyişlar markazi bölgan Nyu-Yorkda yangi holatlar jiddiy ösişi kuzatilmaganini aytişmoqda.
Yuqorida keltirilgan mezonlarga köra, AQŞda holatlarning köpayişini ikkinçi tölqin sifatida emas, balki birinçi tölqinning davomi sifatida baholanişi maqsadga muvofiq.
Ikkinçi tölqinda amalga oşiriladigan qöşimça çora-tadbirlar nimalardan iborat?
Mamlakatlar epidemiya bilan ilk bor qarşilaşgan paytlariga qaraganda hozir köp jihatdan ustunlikka egalar. Masalan, sinov qobiliyati, şaxsiy himoya vositalarini yetkazib beriş, mavjud manbalarni boşqariş kabi turli tajribalar mavjud. Ammo epidemiyani samarali boşqariş uçun bilişimiz kerak bölgan narsalar ham oz emas.
Pandemiyaning davomiyligini belgilovçi asosiy çora-tadbirlarni quyidagiça keltirib ötiş mumkin:
Immunitetga ega bölmaganlarni emlaş;
Yuqtirilgan odamlarni izolyatsiya qiliş;
Odamlarni karantinda uşlab turiş;
Umumiy çora-tadbirlar bilan özaro aloqani minimallaştirişga erişiş.
Ikkinçi tölqinning paydo bölişiga tösqinlik qiladigan yoki uni yengib ötişni osonlaştirivçi çora-tadbirlar:
Komendantlik soatlarini joriy etiş;
Holat va kontaktlarni kuzatib boriş;
Soğliqni saqlaş tizimining imkoniyatlarini yaxşilaş;
Ijtimoiy masofaga saqlaş;
Tozalikka qat'iy rioya qiliş;
Odamlarni iloji boriça uyda qolişga undaş.
Ta'kidlaş joizki, pandemiya şaroiti soğliqni saqlaş organlari va epidemiya jarayoniga mas'ul bölganlarning zimmasiga ulkan javobgarlik yuklamoqda. Şu bois, epidemiyaning oldini oliş emas, balki uni «boşqariş» böyiça tavsiyalar köproq berilmoqda.
Ilmiy tadqiqotlar epidemiya bilan boğliq qarorlarni qabul qiluvçilarga ikkinçi tölqin ehtimoli haqida muhim axborotlarni ulaşmoqda. Soğliqni saqlaş tizimi muammolarini, xizmat körsatiş sohasidagi nosozliklarni bartaraf etiş, tibbiyot mutaxassislarining çarçaş sindromini davolaş şular jumlasidandir.
Bir tadqiqotda ta'kidlanişiça, ikkinçi tölqin bilan kuraşiş uçun kunlik holatlar soni yuzlab emas, balki 10tadan 30tagaça bölişi darkor.
Boşqa bir tadqiqotda esa pandemiya xuddi uruşni boşqarişga öxşab ketişi ta'kidlab ötilgan: oldingi safda kuçli askarlar bölişi bilan bir qatorda orqa planda ham ta'lim berilgan va tayyor holda uşlab turilgan kuçlar bölişi kerak.
Ma'lumki, Buyuk Britaniya va AQŞ epidemiyaning dastlabki kunlarida tartibsizliklar tufayli ijtimoiy tadbirlarni amalga oşirişda keçikdi. Ikkinçi tölqin oldidan zaruriy tayyorgarliklarni amalga oşiriş maqsadida Britaniyadagi «British Medical Journal» ilmiy jurnalida 5 yönaliş böyiça siyosatni qayta körib çiqiş tavsiya qilindi:
Mahalliy hokimiyatlar bilan kelişgan holda parlament nazorati ostida oçiq boşqaruvni amalga oşiriş;
Tovarlar va xizmatlarni sotib oliş, mavjud institutsional tuzilmalarni muvofiqlaştiriş;
Oğir yuk ostida qolgan ijtimoiy guruhlarning holatini örganiş;
Kam ta'minlangan ijtimoiy guruhlarni himoya qiliş;
Xalqaro hamkorlik va «Breksit» tufayli yuzaga kelişi mumkin bölgan qiyinçiliklarni hal qiliş.
Adabiyotlarda ikkinçi tölqinga qarşi kuraşda birinçi tölqinda samarali natijalar beradigan ijtimoiy çoralar bir xil natijaga olib kelmasligi va jamiyatda çarçoq holati mavjud bölişi ta'kidlangan. Şu sababli, jamiyatning motivatsiyasini saqlab qoliş va tavsiyalarga moslaşiş uçun yangi strategiyalar işlab çiqilişi kerak. Buyuk Britaniyada ötkazilgan tadqiqotlar şuni körsatadiki, 30 yoşgaça bölgan aholining ijtimoiy tadbirlarga rioya qiliş darajasi pasaygan.
Şuningdek, birinçi tölqinga qarşi kuraşda barça soğliqni saqlaş manbalari safarbar qilingani sababli, tizimdagi nuqsonlar qöşimça kasalliklarga olib kelişi mumkinligi, şuning uçun ikkinçi tölqinga tayyorlaniş davrida elektoral xizmatlarga asoslangan qobiliyatni rivojlantiriş zarurligi ta'kidlanmoqda.
Pandemiya qaçon tugaydi?
1918 yildagi «ispanka» grippi va Covid-19’ning epidemiologik xususiyatlarini tahlil qilgan modellaştirişlarga köra, epidemiya ikki yil davom etişi mumkin. Biroq immunitet çegarasi va davrining aniq emasligi, asimptomatik holatlar, emlaşlarning muvaffaqiyatli böliş-bölmasligi uzoq muddatli prognozlarda xato uluşini köpaytirmoqda. Agar jamiyat çora-tadbirlardan çarçasa va ulardan erta voz keçsa, virusga çaliniş holatlari yanada köpayadi, natijada soğliqni saqlaş tizimi hamma uçun yetarli bölmagan darajada bloklanadi. Şu bois çora-tadbirlarni yumşatiş siyosati va boşqaruvi uşbu mezonlarga muvofiq bölişi juda muhim.
Xulosa
Kasallikka çalingan va immunitetga ega bölgan odamlar orasida ikkinçi bor virus yuqtiriş holati hozirça kuzatilmadi. Bu holat immunitet davri 6 oydan köproq ekanini (epidemiya boşlangandan hozirgi kunga qadar) körsatadi. Ammo uşbu davrni başorat qiliş uçun davriy ravişda «seroprevalensiya» (qonda virusga qarşi antitanalarning tarqaliş çastotasi) böyiça tadqiqotlar olib borilişi, şuningdek, bemorlarda antitana titrining özgarişi va immunizatsiya darajasi kuzatilişi, baholanişi darkor.