Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Maxfiy xizmati koronavirus pandemiyasi tufayli paydo bo‘lgan yuzlab kiberfiribgarlik usullarini fosh etdi
AQSh Maxfiy xizmati kiberfiribgarlikka qarshi alohida guruh tuzishini e'lon qildi. Xizmatning axborot bayonnomasida shu haqda so‘z bormoqda.
“Kiberkengliklarda va an'anaviy moliyaviy jinoyatlar o‘zaro uyg‘unlashib borayotgani munosabati bilan AQSh Maxfiy xizmati Elektron jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha maxsus guruh va Moliyaviy jinoyatlarga qarshi maxsus guruhni Kiberfiribgarlikka qarshi maxsus guruh nomi ostida birlashtirishga qaror qildi”, - deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, kiberkengliklarda moliyaviy jinoyatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha mart oyidan buyon o‘tkazib kelingan ishlar ajoyib natijalarni taqdim etgan. Xususan, xizmat yangi koronavirus kasalligi tufayli kelib chiqayotgan yuzlab firibgarlik faoliyatiga barham berish, internet orqali o‘g‘irlangan koronavirus infeksiyasi uchun testlarning noqonuniy savdosining oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.
Endilikda, mazkur faoliyatga Qo‘shma Shtatlar hududida 42 bo‘linma, shuningdek, Rim va Londondagi qarorgohlar jalb etilgan. Maxfiy xizmat kelgusida idoralari sonini dunyo bo‘ylab 160tagacha yetkazishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026