– Ilhom Ismoiloviç, bizda uzoq yillardan buyon yadro tibbiyoti uçun radioizotop mahsulotlari işlab çiqariladi. Lekin şu bilan bir paytda köpçilik yadro tibbiyoti töğrisida tasavvurga ega emas. Nega bunday?

– Siz haqsiz. Bizning Yadro fizikasi institutida tibbiyot uçun izotop mahsulotlarni bu soha endi rivojlana boşlagan paytlaridayoq işlab çiqariş boşlangan. 1976 yilda YaFI negizida «Radiopreparat» korxonasi tuzilgan bölib, yadro tibbiyoti uçun turli radiofarmpreparatlar tayyorlaş yölga qöyilgandi.

Öşa yillarda sobiq ittifoqda bu soha endi tetapoya qila boşlagan, dunyoda esa «yadro tibbiyoti» degan tuşunçaning özi yöq edi. Biz aynan şu yillarda izotop mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöyganmiz.

Fakt: Özbekiston yadro tibbiyoti uçun izotoplar işlab çiqariş böyiça dunyo bozoridagi yetakçilardan biri sanaladi. Masalan, onkologik kasalliklarni davolaşda işlatiladigan yod-125 radioizotopining 50 foizidan köproği Özbekistonda, VVR-SM yadro reaktorida olinadi.

1978 yilda bizda ilk bor texnetsiy-99m radionuklid generatori olingandi. Bu eng universal radionuklid bölib, har xil xastaliklarning diagnostikasida işlatiladi. Bugungi kunda dunyo böyiça radionuklidlar iştirokida ötkaziladigan barça taşxis muolajalarining 85 foizdan ortiği aynan texnetsiy-99m yordamida ötkaziladi.

80-yillarda Özbekistonda yadro tibbiyoti şakllanişi boşlandi, YaFIda radionuklidlarni işlab çiqariş sur'ati tezlaşdi va asosan eksport qiliş közda tutildi. Hozirgi kunda ham bizning 90 foiz mahsulotlarimiz eksport qilinadi, şu sabab bizni Özbekistondan köra dunyoda köproq bilişadi.

Oxirgi 4-5 yilda vaziyat özgarmoqda. Umid qilamizki, tez orada bizni öz yurtimizda ham yaxşi tanib olişadi va faxrlanişadi.

– Özbekiston izotop mahsulotlarni qaysi davlatlarga eksport qiladi va bu qança daromad keltiradi?

– Bugungi kunda bizning Yadro fizikasi institutimiz dunyoning 12 davlatiga izotop mahsulotlarni eksport qiladi. Bular – AQŞ, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston va boşqa mamlakatlar.

Tibbiyot maqsadlari uçun işlab çiqariladigan izotop mahsulotlarini eksport qilişdan keladigan mablağ yiliga örtaça 3 million AQŞ dollarini taşkil etadi.