Çeklovlar qaytadan kuçaytirilişiga bir qator muammolar sabab bölgani keltirib ötildi. Respublika maxsus komissiyasining bildirişiça, bular quyidagilar:
- 2020 yilning 10 iyuliga kelib Özbekistonning soğliqni saqlaş tizimi katta bosimga duç keldi. Mavjud soğliqni saqlaş muassasalari quvvati yangi Covid-19’ga çalingan bemorlarni qabul qiliş uçun yetarli emas;
- ayni vaziyatda Özbekiston soğliqni saqlaş tizimi uçun Covid-19 bilan zararlanganlar sonini qisqartiriş hamda kasallaniş zanjirini heç bölmaganda bir oyga uziş va tizimni qayta tiklaş hayotiy zaruriyatdir;
- Qat'iy karantin çoralarini qöllamaslik — koronavirusga çalinganlarni statsionar davolaş uçun kasalxonalarda joy qolmasligi va ular bilan işlaş uçun şifokor va tibbiy xodimlarning yetişmasligiga olib keladi;
- boşqa kasalliklardan sodir böladigan ehtimoliy ölim holatlarini hisoblaşning imkoni bölmaydi, sababi barça tibbiyot xodimlari va yotoq örinlari Covid-19 bemorlari bilan band böladi.
- Covid-19 bilan kasallangan şifokorlar soni köpaymoqda. Köpçilik karantinda bölgani sababli xodimlar yetişmovçiligi yuzaga kelgan. Şifokorlar va tibbiyot xodimlariga bölgan psixologik bosim eng yuqori nuqtaga yetdi;
- rasmiy statistika faqat aniqlangan kasallaniş holatlarini qayd etmoqda. Haqiqiy holat boşqa mamlakatlardagi kabi bir neça barobar farqli bölişi mumkin. Sababi hamma bemorlar ham tibbiy yordamga murojaat qilişmayapti, simptomsiz bemorlarni esa hisobga olişning imkoni yöq.
Şu sababli bu muammolarning yeçimi sifatida tibbiyot muassasalarining faoliyatini yengillaştiriş uçun bemorlarni uyda davolaş va karantinni uyda ötkaziş böyiça bayonnoma qabul qilindi. Karantin markaziga köproq fuqarolarni qabul qiliş va ularning karantinda böliş muddatini kamaytiriş imkonini beruvçi yangi qisqa muddatli karantinda saqlaş protokoli qabul qilindi.
Ta'kidlanişiça, 20 kunlik tanaffus soğliqni saqlaş muassasalari, şifokorlar va tibbiyot xodimlariga bölgan bosimni yumşatiş va avgust oyida mamlakat iqtisodiyotini tiklaşda davom etiş uçun zarurdir.
Eslatib ötamiz, Respublika maxsus komissiyasining 8 iyuldagi qarori bilan Özbekistonda 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin çeklovlari qaytadan kuçaytirilmoqda. Töylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, avtotransport harakati çeklanadi, buyum bozorlari va bolalar boğçalari yopiladi, xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi.
Prezident joylarda «yaşil», «sariq» va «qizil» hudud tamoyili töliq işlamayotganini aytib, karantin çoralariga yengil qaraş holatlarini tanqid qildi.













