AQSh sudi 17 yilda ilk marotaba oliy jazo ijrosini to‘xtatdi
Amerika sudi so‘nggi 17 yil ichida birinchi marotaba 47 yoshli Deniyel Lyuis Liga nisbatan ijro etilishi lozim bo‘lgan oliy jazoni vaqtincha to‘xtatdi. U Indiana shtatidagi Terr-Xout federal qamoqxonasida bir oilani o‘ldirganligi uchun saqlanmoqda. Shtatning janubiy okrugi bo‘yicha sudyasi Jyeyn Magnus-Stinson shunday qarorga kelgan, deb yozmoqda RBK Associated Press xabariga tayangan holda yozmoqda.
Sudyaning bunday to‘xtamga kelishiga halok bo‘lganlar yaqinlarining arizasi sabab bo‘lgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qamoqxona ma'muriyati hukmning ijro etilishini kuzatib turishlari uchun xavfsiz sharoit yaratmagan. Jumladan, jinoyat qurbonlarining yaqinlari, COVID-19 infeksiyasini ham sabablar sirasida qayd etishgan.
Sudya qaroriga ko‘ra, jazoni ijro etish, hukumat oilalarning kuzatishlari uchun xavfsiz shart-sharoit tashkil etmaguncha to‘xtatib turiladi.
Bir yil avval, AQSh bosh prokurori Uilyam Barr, federal hukumat jinoyatchilarni qatl etish hukmlarini ijro etishni boshlashini, chunki qurbonlar yaqinlariga tasalli berish majburiyatini his qilayotganini aytgan edi.
Deniyel Lyuis Li irqiy guruh a'zosi bo‘lib, 1996 yilda 3 kishilik oilani, shu jumladan 8 yashar qizni ham o‘ldirgan. 1999 yilda hakamlar uni oliy jazoga hukm qilishgan edi.
Agentlikning qayd etishicha, kelgusi haftada yana ikkita oliy jazo ijro etilishi kutilmoqda. 16 yoshli qizning nomusiga tekkan va o‘ldirgan Uesli Ayra Park hamda Ayova shtatida 5 kishini, jumladan 2 bolaning ham joniga qasd qilgan Dastin Li Xonkenga nisbatan o‘lim jazosi ijro etilishi kerak.
Avgust oyida 10 yashar qizni o‘g‘irlab, nomusiga tekkan va o‘ldirgan Kit Dueyn Nelson qatl etiladi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024