Işga taksida, velosiped va skuterda qatnaş mumkin – maxsus komissiya qarori
«Respublika maxsus komissiyasi tomonidan transport harakatlanişi vaqtinça çeklanib, karantin joriy etilişi haqidagi xabari tarqalganidan söng, Davlat xizmatlari agentligi ijtimoiy sahifalari va telegram-botiga maşinalarga stiker beriş bilan boğliq savollar kelib tuşib, aholi örtasida turli anglaşilmovçiliklarga sabab bölmoqda.
Maxsus komissiya bayoniga köra, joriy yilning 9 aprelidan boşlab Davlat xizmatlari markazlari orqali harakatlaniş uçun ruxsatnomalar berilişi töxtatilgan.
Bugungi kunda agentligimizga Davlat xizmatlari markazlari orqali stiker beriş haqida heç qanday topşiriq belgilangani yöq», deyiladi rasmiy bayonotda.
Avtomobillarning maxsus ruxsatnomasiz harakatlaniş vaqtlari böyiça ma'lumot berildi
Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 9 iyuldagi axborotiga köra, avtotransport vositalari harakatlanişi uçun Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin çeklovlari amal qiliş davrida qöllaniladi.
Biroq, boşqa stikeri mavjud bölmagan maşinalarga faqatgina 07.00 dan – 10.00 gaça, 17.00 dan – 20.00 gaça tegişli hudud doirasida (Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri miqyosida) fuqarolarning iş joyiga borib-kelişi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinçi galdagi mahsulotlarni xarid qiliş uçun harakatlanişiga ruxsat beriladi.
Hududlar örtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlangan. Faqatgina qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçi taşkilotlarga tegişli xizmat va şaxsiy avtotransport vositalarining çeklovlarsiz harakatlanişi mumkin.
Mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanişiga faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda hayotiy zarur ehtiyojlari – dori vositalari, oziq-ovqat va birinçi galdagi mahsulotlarni xarid qiliş, şifokor körigiga murojaat etiş, şuningdek, iş joyiga boriş va keliş uçun ruxsat etiladi.

















