Hindistonning Surat şahridagi (Gujorat ştati) zargarlik dökoni koronavirus pandemiyasi fonida brilliantlar bilan bezatilgan himoya niqoblari sotuvini yölga qöydi. Ularning narxi 2 mingdan 5 ming dollargaça, deb xabar berdi ANI agentligi.
Dökon egasi Dipak Çoksining aytişiça, brilliantlar qadalgan niqoblar tayyorlaş ğoyasi töyi bölişi kerak bölgan xaridor dökonga kelganidan keyin paydo bölgan. U dökon egasidan kelin va kuyov uçun "noyob" niqob tayyorlab berişini söragan.
"Dizaynerlarimiz tayyorlagan niqob unga ma'qul böldi va sotib oldi. Şundan keyin ana şunday niqoblar tayyorlaşga kirişdik. Tayyorlanişida sariq oltin va amerika brilliantlari işlatiladigan niqoblarimiz 150 ming rupiy (1990 dollar) turadi. Oq oltin va haqiqiy brilliantlardan tayyorlangan niqoblarimiz narxi 400 ming rupiy (5,3 ming dollar)", - deydi Çoksi.
Uning sözlariga köra, niqoblardagi brilliant va oltinni mijoz ixtiyoriga köra çiqarib oliş va ulardan boşqa zargarlik buyumi tayyorlaş mumkin.
Avvalroq Maxaraştra ştatida yaşovçi Şankar Kurade qariyb tört ming dollarga oltin niqob tayyorlatgandi.
Hindiston soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumot berişiça, mamlakatda 800 mingdan ortiq kasallaniş holatlari aniqlangan, 22 mingdan ortiq bemor vafot etgan.


















