Kun.uz manbasi xabar berişiça, Dilnoza Kattaxonova 10 iyul kuni Yoşlar ittifoqi binosida prezidentning fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari böyiça davlat maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov raisligida ötgan yiğilişda Yoşlar işlari agentligi rahbarining örinbosari etib tayinlandi.

Dilnoza Kattaxonova şu paytga qadar Özbekiston Yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşi raisining örinbosari, «Kamalak» bolalar taşkiloti raisi sifatida işlab kelayotgandi.

Dilnoza Kattaxonova 1992 yilda tuğilgan, Özbekiston Milliy universiteti bitiruvçisi hisoblanadi. U muqaddam Xotin-qizlar qömitasi yetakçi mutaxassisi sifatida ham faoliyat olib borgan.

Avvalroq agentlik rahbarining birinçi örinbosari lavozimiga Sarvar Aşurov tayinlangani haqida xabar berilgandi.