– Barno opa, dastlab bir narsaga aniqlik kiritib olaylik – kimlarga uyda davolanişga ruxsat beriladi?

– Avval kasallikka çalingan inson bilan muloqotda bölganidan, çet mamlakatlarda bölib qaytganidan yoki ixtiyoriy ravişda test topşirganidan söng natijalar musbat çiqsa, kasallikning heç qanday belgilari bölmasa ham bu bemorga koronavirus taşxisi qöyiladi.

Bunday bemorlarning ambulator şaroitda, ya'ni öz uylarida nazoratda bölişlariga ruxsat beriladi. Albatta bunday holatda bemorning uydagi şaroiti (alohidalaş imkoniyati), yoş bolalar, keksalar va oğir bemorlarning yöqligi (yoki ularni alohidalaş imkoniyati) hamda uning oğir surunkali kasalliklari bor-yöqligi ahamiyatga olinadi.

Şu bilan birga, alohida yaratilgan şaroitlar mavjud bölsa, kasallikning yengil keçuvçi şakli ham ambulator şaroitda davolanişga ruxsat beriş mumkin.

– Bemor barça körsatkiçlar böyiça uyda davolanişga mos deb topildi. Endi unga qanday tavsiyalar beriladi?

– Bunda bemor va uning qarindoşlari quyidagilarga ahamiyat berişlari şart:

Birinçi navbatda bemor alohidalanişi, xonaga kiriş va çiqiş qat'iy çegaralanişi kerak.

Ikkinçidan, ajratilgan xona derazalari bor, şamollatiş imkoniyati bölişi şart. Bu xona kuniga 3-4 mahal şamollatilişi yoki deraza oynasi köp vaqt oçiq bölişi kerak. Konditsionerlardan ehtiyotkorlik bilan foydalaniş zarur, çunki ular xonadagi havoni quritiş bilan birga, notöğri foydalanilganda şamollaşga sabab bölişi mumkin.

Uçinçidan, xonada har 2-3 soatda namli tozalaş işlari ötkazilişi zarur. Bu bilan bemordan havo tomçi yöli bilan ajralgan virusni turli sathlarga ötirib qolişi va şu orqali oilaning boşqa a'zolariga yuqişining oldi olinadi.

Törtinçidan, bemorning şaxsiy buyumlari (idiş-tovoq, soçiq, kiyim-keçak) 60 darajadan yuqori haroratdagi suvda alohida yuvilişi va zararsizlantirilişi kerak.

Beşinçidan, havo issiqligini ahamiyatga olgan holda, kuniga 3-5 litrgaça iliq holdagi suyuqlik içilişi kerak. Bunda sovuq va gazli, şirin içimliklar qat'iy man qilinadi. Suyuqliklar asosan mineral suv, iliq çoy (limonli, zanjabilli, qoqili çoy), kompot, turli dorivor ösimliklar damlamasi bölişi mumkin. Suyuqlikning köp miqdorda berilişi virusning ta'siridagi zaharlaniş – intoksikatsiyani kamaytiriş bilan birga, qonning quyilib qolişiga yöl bermaydi. Suyuq qon orqali şifobaxş ötlar, oziq-ovqat orqali olingan vitamin va minerallar har bir organga töliq yetib boradi.