Ma'lum qilinişiça, 13 iyul kuni Yangiyer şahri hokimligi, tibbiyot birlaşmasi, IIB, FVB, SEOM, Milliy gvardiya hamkorligida «barça kuç vositalarni jalb etgan holda karantin qoidalariga amal qiliş holati örganilgan».
Reydlar 8ta mahalla — «Obod yurt», «Binokor», «A.Jomiy», «Ma'rifat», «Şodlik», «Bobur», «Navrözobod», «T.Malik» MFYlarni qamrab olgan.
Uşbu tadbirlarga 18 nafar şifokor, 89 nafar patronaj xamşirasi, 18 nafar SEOM xodimi (dezinfeksiyalovçi), 25 nafar favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari, 35 nafar içki işlar va 12 nafar milliy gvardiya xodimlari, 1ta maxsus dezinfeksiyalovçi texnika, 3ta patrul avtomaşinasi jalb etilgan.

«Ötkazilgan tadbirlar davomida şahar böyiça 20ta xonadonda yaşovçi 72 nafar aholi qamrab olinib, fuqarolar bilan tuşuntiriş va tarğibot işlari olib borildi. Ötkazilgan örganişlar davomida uyda tana harorati yuqori bölgan fuqarolar aniqlanmadi.
Karantin qoidalariga amal qilmagan 60 nafar fuqaroga 13 mln 380 ming sömlik ma'muriy jarimalar rasmiylaştirildi», – deyiladi xabarda.
Qöşimça qilinişiça, DSENB Yangiyer filiali tomonidan 6ta tadbirkorlik sub'yektlarida reyd ötkazilgan va tadbirkorlar öz faoliyatlarini karantin qoidalariga töliq amal qilgan holda taşkil etiş böyiça rasmiy ogohlantirilgan.

Qayd etilişiça, 13 iyul holatiga şahar böyiça 2ta obekt karantinga olingan; uy şaroitida 63ta oila – 298 nafar şaxs kuzatuvga olingan. Yana 298 kişi statsionar karatinda bölib turibdi.
Ma'lumot uçun, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga asosan, epidemiya tarqalgan vaqtda jamoat joylarida niqobsiz böliş BHMning 5 baravarigaça jarima solinişiga sabab böladi.

















