Guançjou ma'muriyati WeRide’ga transport vositalarini masofadan boşqarişga ruxsat berdi. Sinovlar 8 iyulda boşlangan, biroq kompaniya bu haqida 2 kun ötgaç rasmiy bayonot bergan. Yangi xizmatning birinçi mijozlari uning imkoniyatlarini sinab körişlari mumkin böladi, biroq şaharning istalgan nuqtasigaça borişa olmaydi, çunki startap buyurtmalarni şaharning ma'lum qismida oladi.

Sinovlar davomida startap ba'zi xavfsizlik çoralarini qöllaşni davom ettiradi. Ulardan eng muhimi maşinalarning boşqaruv markaziga 5G-tarmoği yordamida doimiy holda ulangan holda bölişi hisoblanadi. Buning yordamida operatorlar har bir robotaksi uçun yöldagi vaziyatni kuzatib borişadi va istalgan vaqtda uning boşqaruvini öz qöllariga olişlari mumkin böladi. Kompaniya, şuningdek, yöl işlari yoki köçalarning ma'lum qismida yöl harakati qoidalarining vaqtinça özgargani kabi vaziyatlarni ham hisobga olgan.  

WeRide avtopiloti SAE International taşkiloti tuzgan şkalaga köra avtonomlikning 4-darajasiga mos keladi. 4-daraja muayyan şaroitlarda, misol uçun, agar yönaliş öziyurar transport uçun avvaldan tayyorlangan bölsa töliq avtomatlaştirilganlikni nazarda tutadi. Tesla kompaniyasidan taşqari köplab avtomobilsozlik kompaniyalari aynan şu texnologiyaga amal qiladi. Tesla esa 2020 yil oxirigaça birdaniga avtonomlikning 5-darajasiga ötmoqçi. 

WeRide avtonom transport sohasida eng istiqbolli startaplardan hisoblanadi. U Nissan, Renault va Mitsubishi tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda. Kompaniya avtoparki 100 dan köproq maşinadan iborat bölib, bu maşinalar sinovlar davomida 2,6 mln kmdan köproq yöl bosib ötgan. WeRide’ga AutoX, Pony, ai, Baidu va Didi Chuxing kompaniyalari raqobatçi hisoblanadi. Bu kompaniyalarning barçasi Xitoyning turli şaharlarida haydovçisiz taksilarni sinovdan ötkazadi, biroq birortasi hali avtonom maşinalarning haydovçisiz sinalişigaça yetib bormagan.