Raqobat – bozor iqtisodiyoti rivojlanişi uçun eng muhim tamoyillaridan biri. Bozorda tadbirkor qança köp bölsa, raqobat muhiti şunça jonli va soğlom böladi. Raqobat muhiti şakllanişi uçun avvalo tadbirkorning bozorga kirişi oson va tösiqlardan xoli bölişi zarur. Tadbirkorlik faoliyatini olib boriş qoidalarini belgilaşda davlat ma'muriy regulyativ usullari bilan bozorga kirişni qiyinlaştirib qöymasligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy regulyativ usullardan biri – bu litsenziya va ruxsatnomalardir. Bunda fuqarolarning soğliği, hayoti va xavfsizligi va boşqa zaruriy manfaatlaridan kelib çiqib, davlat ayrim tadbirkorlik faoliyati turlari bilan litsenziya yoki ruxsatnoma olmasdan şuğullanişni taqiqlaşi mumkin.
Bugungi kunga kelib, litsenziya talab etiladigan faoliyat turlari soni 266ta, ruxsatnoma oliş talab etiladigani esa 137ta.
Adliya vazirligi ma'lumotiga köra, litsenziya va ruxsatnoma beriş tizimidagi muammolarni aniqlaş maqsadida 40 mingga yaqin tadbirkorlar örtasida anonim sörov ötkazilgan. Natijalarga köra, sörovnomada iştirok etgan tadbirkorlarning 32 foizi litsenziya tölovlarining yuqoriligi, 23 foizi beriş muddati keçikişi, 22 foizi ortiqça hujjatlar talab etilişi, 3 foizi vakolatli organlar tomonidan pul yoki xizmatlar talab etilişi kabi muammolarni qayd etib ötgan.

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etiş maqsadida Adliya vazirligi tomonidan mutasaddi taşkilotlar bilan birga tizimdagi muammolar birma-bir tahlil qiliniş natijasida «Lisenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident farmoni loyihasi işlab çiqildi.
Mazkur loyihada qariyb 100ta litsenziya va 35ta ruxsatnoma bekor etilişi taklif etilmoqda.

Şuningdek, loyihada litsenziya talab va şartlari bilan boğliq

















