Prezident Şavkat Mirziyoyev pandemiya bilan boğliq vaziyat muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida koronavirusga qarşi kuraşiş borasidagi işlarni tanqid qildi hamda mas'ullarni ogohlantirdi.

Toşkent şahrida virus yuqtirganlar soni 4 ming 92tani, Toşkent viloyatida 1 ming 498tani taşkil etayotgani, bu butun mamlakat böyiça kasallarning 40 foiziga tengligi, Toşkent şahrida koronavirusdan ölim soni ham keskin köpayib, 45taga yetgani qayd etilgan.

Prezident bunday açinarli holatlar aholining haqli şikoyat va e'tirozlariga sabab bölayotganini ta'kidladi.

«Koronavirus tarqalişining oldini oliş va davolaş böyiça Toşkent şahridagi işlarni talab darajasida taşkil etmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy özgarişlariga tayyor bölişni ta'minlamagani, bu kasallik bilan «pastga tuşib» mukammal şuğullanmagani uçun Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov va Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga hayfsan e'lon qilindi. Şahar va viloyatning barça sektor rahbarlari jiddiy ogohlantirildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.