Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maldiv orollari dunyo sayyohlarini o‘ziga chorlashni boshladi
Qat'iy chegara cheklovlari va karantin choralari odamlarni dunyoning mashhur sayyohlik maskanlariga sayohat qilish va dam olishdan mahrum qildi. Biroq, o‘zining tabiati bilan tanilgan orollar mamlakati – Maldiv barcha mehmonlarni o‘ziga chorlay boshladi.
15 iyuldan boshlab Hind okeanidagi orollar mamlakati xalqaro sayyohlarni qabul qilishni boshladi. Xalqaro sayyohlar, poytaxt Male shahridagi Velana xalqaro aeroportiga kelganidan so‘ng, karantinga olinmaydi, deb xabar qilmoqda Maldiv turizm vazirligi.
Bundan tashqari, orolga tashrif buyurish uchun viza talab qilinmaydi yoxud qo‘shimcha to‘lovlar olinmaydi.
Maldiv orollari minglab orollardan iborat 26 ta atollardan tarkib topgan davlat bo‘lib, 90 ming kv. km. maydonda yuzlab dam olish maskanlari sayyohlarni kutmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Xabar qilinishicha, bugungi kunda ushbu orol davlatga Emirates Airlines, Qatar Airways, Etihad hamda Turkish Airlines aviakompaniyalari parvozlarni amalga oshiradi.
Mavzuga oid
18:35 / 18.04.2026
Maldivda sayyoh akula hujumidan so‘ng bir oyog‘idan ayrildi
17:05 / 10.04.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish qoidalari qanday?
14:40 / 21.03.2026
Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
11:22 / 20.03.2026