Meduza naşrining Fox News’ga tayanib bergan xabariga köra, jabrlanganlar yöq, hodisaning sabablari aniq emas. Eslatib ötamiz, Buşerda Erondagi yagona AES joylaşgan.

Sönggi bir neça hafta davomida Eronning yadro dasturi bilan bevosita va bilvosita boğliq bölgan sanoat korxonalari va harbiy obektlarida bir qator hodisalar yuz berdi.

13 iyul kuni Xuroson tarixiy viloyatida joylaşgan tabiiy gaz işlab çiqariş bilan boğliq obektda portlaş yuz bergan edi.

4 iyul kuni Eron ğarbidagi elektrostansiyada portlaş oqibatida yonğin kelib çiqdi. 1 kun oldin esa Natanzdagi uranni boyitiş korxonasida xuddi şunday voqea yuz berdi. Iyun oyi oxirida Parçindagi harbiy bazada gaz töldirilgan idiş portladi. Bu hodisalarning barçasida jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmadi.

Köplab tahlilçilar bu voqealarning bir-biri bilan boğliq ekanini va Isroil, AQŞ yoki Eronning boşqa taşqi siyosiy duşmanlari tomonidan olib borilayotgan sabotaj kampaniyasining bir qismi bölişi mumkinligini taxmin qilişmoqda.

The New York Times gazetasi esa razvedkadagi manbasiga tayanib, Natanzdagi voqea Isroil maxsus xizmatlari tomonidan taşkil qilingani haqida yozdi.

Donald Tramp hokimiyatga kelganidan söng Eron va AQŞ munosabatlari keskin yomonlaşdi. U Barak Obama ma'muriyati tomonidan Eron bilan tuzilgan yadro bitimidan çiqdi. Tramp Eronni bitimni buzganlikda aybladi, ammo buning dalilini keltirmadi. 

2020 yil yanvar oyida AQŞ maxsus xizmatlari Bağdodda Islom revolyutsiyasi korpusi qöriqçilari generali Qosim Sulaymoniyni yöq qilganidan söng, mamlakatlar uruş yoqasiga kelib qolişgan edi. Bunga javoban Eron AQŞning Iroqdagi harbiy bazasiga zarba berdi, ammo heç kim halok bölmadi.

The Washington Post naşrining yozişiça, sönggi paytlarda Eron va Isroil örtasidagi munosabatlarning yomonlaşuvini anglatuvçi heç qanday ziddiyat yuz bermagandi.