– Assalomu alaykum. Men hozirda Toşkent şahar tez tibbiy yordam xizmatining Yakkasaroy tumanidagi 10-stansiyada, koronavirusga çalingan bemorlarni taşiş bölimida şifokor bölib işlayapman. Hozir bir kunlik iş davomida örtaça 10 nafar koronavirus yuqtirgan bemorlarni taşişda iştirok etaman. Iş jarayonida ba'zi kasallarga birinçi tibbiy yordam ham körsatiladi. Şu sababli kasallar bilan töğridan töğri aloqada bölamiz. Natija jiddiy: hamkasblarimning 30-40 foizida koronavirus alomatlari sezilyapti.
Rahbariyatimizdan Covid-19’ga analiz olişlarini sörasak, tayinli javob berişmayapti. Şahar sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazlarida test topşiriş uçun bir kunlik navbatda turiş kerak. Xususiy klinikalarga topşirmoqçi bölsak, ular test olişmayapti. Bizning maxsus bölim taşkil qilinganiga 4 oydan oşgan bölsa-da, xodimlardan faqatgina bir marta tahlil olindi. Boşqa turdagi kasalliklarga boradigan xodimlardan ham şu kunga qadar bir marta test olingan, xolos. Ular ham aholi bilan doimiy kontaktda bölişadi. Şu bois köplarida Covid-19 alomatlari bor. Eng açinarlisi, tez tibbiy yordam xizmatida iş hajmi oşgani uçun şu ahvolda işga borib kelişyapti.
Sizlardan iltimos, test topşiriş masalasida yordam bering. Bizga poliklinikada koronavirusga test oladigan maxsus guruh taşkil qilingan deb yolğon ma'lumot berişdi. Hamkasblarimdan birining uç kundan buyon tana harorati kötarilmoqda. U esa hamon poliklinikadagi öşa «maxsus guruh»ni kutyapti.
Ikkinçi murojaat
«Bu murojaatimni özimning iş faoliyatim misolida yozaman. Bemorlardan birining uyiga borsam, avvalo uning test natijalarini sörayman. Agar bölsa, uni şifoxonaga olib boraman. Ammo uning uyidagi oila a'zolarida ham Covid-19 alomatlari sezilsa-yu, ularning test natijalari bölmasa, (ba'zilarida pnevmoniya belgilari uçraydi) ular birinçi navbatda poliklinikaga test topşirişlari kerak. U yerda kamida 2 kunda navbat keladi. Tahlil javobi esa örtaça 4 kunda çiqadi. Bunday holatda bemorning ahvoli oğirlaşadi, gohida vafot etişi yoki davo topişi ham mumkin.
Töğri, poliklinika şifokorlari ham, SES xodimlari ham bemorlar köpligi uçun hammani tekşirişga ulgurmayotgandir. Lekin sizlar brifinglarda çiqib, «hammasi yaxşi» degan ma'nodagi gaplarni aytasizlar, aholi esa tabiiyki bor alamini bizga soçadi. Agar sözlarimga işonmasanglar, oddiy fuqaro sifatida analiz topşirişga harakat qilib köringlar. Vaziyatni keyin anglab olasizlar.
Pnevmoniya alomatlari bor fuqaroni heç qaysi şifoxona qabul qilmaydi. Umumiy kasalxonaga olib borsangiz, «bunda Covid-19 bölişi mumkin» deb ortiga qaytarib yuborişadi. Covid-19 kasalligiga ixtisoslaştirilgan şifoxona esa test natijalari bölmasa, bemorni qabul qilmaydi. Keyin u uyida muntazam bölmagan davo muolajalarini olib, ahvoli oğirlaşib vafot etsa, sizlar bemorning özini ayblaysizlar. «Uyida özboşimçalik bilan davolanganligi, şifokorga vaqtida murojaat qilmaganligi uçun öldi» deysizlar.













