Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov «Qirğiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan Özbekiston Respublikasi Hukumati örtasida 27 yanvar kuni imzolangan Qirğiziston Respublikasida avtomobil va tijorat avtomobillari işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça hamkorlik töğrisida»gi Bitimni ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonunni imzoladi.

Qonun Jogorku Keneş tomonidan 2023 yilning 15 martida qabul qilingan.

«Uşbu kelişuvning ratifikatsiya qilinişi Qirğiziston Respublikasi hududida yengil va tijorat avtomobillarini yiğiş, işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça investitsiya loyihasini amalga oşiriş imkonini beradi», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, loyihaning Qirğizistonda amalga oşirilişi «mamlakat avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirişga turtki beradi, sanoatning yalpi içki mahsulotdagi uluşini oşiradi, avtoparkni yangilaydi, 2 mingdan ortiq yangi iş örinlarini yaratadi, mos ravişda mamlakat iqtisodiyotining rivojlaniş dinamikasiga ijobiy ta’sir körsatadi».

Qirğiziston — Özbekiston avtomobil zavodi loyihasi uç bosqiçda amalga oşirilişi rejalaştirilgan:

- 1-bosqiç – 500 ta yangi iş örni yaratiladi, 10 mingtagaça avtomobil SKD (yirik qismli) usulida yiğiladi;

- 2-bosqiç – 20 ming dona avtomobil işlab çiqarilganidan keyin 4-5 yil davomida 1 mingta yangi iş örni yaratilgan holda avtomobil butlovçi qismlari işlab çiqariladi;

- 3-bosqiç - oltinçi yildan boşlab CKD (mayda qismli) usulda yiğiş taşkil etiladi, 2 mingta yangi iş örni yaratiladi, 30 ming dona avtomobil işlab çiqariladi.

Zavodda 19 turdagi Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillari işlab çiqariladi. Avtomobillar narxi 13 ming dollardan, yuk maşinalari esa 28 ming dollardan boşlanadi.

Zavod Çuy viloyati, Oq-Suv qişloğida (Bişkekdan 50 km uzoqlikda) quriladi.

Loyiha Özbekistondan – «Özavtosanoat» AJ, Qirğizistondan – «DT texnika» MÇJ va «Nur» AJ tomonidan amalga oşiriladi. Jami sarmoya hajmi 50 million dollarni taşkil etadi.