Qirğizistonning Çuy viloyati, Oqsuv qişloğida yengil avtomobillar bilan tijorat texnikasini yiğiş va işlab çiqariş zavodi qurilişi boşlandi.
Özbekiston bilan hamkorlikda barpo etiladigan «Altin Tulpar Unaa Quruluş» zavodi poydevoriga tamal toşi qöyiş marosimida Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov iştirok etdi. U ikki qardoş respublika birligini mustahkamlaşga ulkan hissa qöşgan Qirğiziston va Özbekiston prezidentlariga minnatdorlik bildirdi.
Qirğiziston hududida zavod quriş böyiça kelişuvga Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2023 yil yanvaridagi rasmiy taşrifi çoğida erişilgan edi. Dastlabki bosqiçda zavodning işlab çiqariş quvvati yiliga 10 ming dona avtomobilni taşkil etadi, mingdan ortiq doimiy iş örni yaratiladi.

Dastlabki 6 yil davomida 30 ming dona avtomobil işlab çiqariş, 2 ming iş örni yaratiş rejalaştirilgan. Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillari işlab çiqariladi.
Loyiha Özbekistondan – «Özavtosanoat» AJ, Qirğizistondan – «DT texnika» MÇJ va «Nur» AJ tomonidan amalga oşiriladi. Jami sarmoya hajmi 50 million dollarni taşkil etadi.

















