Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko YeOIIda muammolar köpligini, aksariyat kelişuvlar bajarilmaganini aytdi.
"Kelişilgan narsalar bajarilmaganligi nuqtai nazaridan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida muammolar juda köp. Buning ustiga, tösiqlar ham yetarli. Tösiqlar sababli davlatlararo çegaralar şu darajaga kelib qolganki, biznes: "Davlatlar örtasida çegara örnatinglar, bizga şunisi osonroq böladi" deydi. Çegara göyoki yöqdek, ammo çegaradagi musodaralar, zöriqişlar ortiği bilan", - dedi Lukaşenko Minskda Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan bilan uçraşuv çoğida.
U Belarus va Armanistonning YeOII faoliyati bilan boğliq umumiy muammolari borligini qayd etdi.
"Bizning iqtisodiyotlarimiz deyarli bir xil, biz iqtisodiyotning real sektoriga tayanamiz, bizda boşqa hamkasblarimizdagi kabi uglevodorodlarning ulkan zaxirasi yöq. Narxlar tuşib ketganida bizga qiyin böladi: Qozoğiston va Rossiya katta imkoniyatlarga ega, bizda bu imkoniyatlar yöq", - dedi Belarus prezidenti.
Iyunda Qozoğiston bilan çegarada töplanib qolgan yuzlab Qirğiziston yuk maşinalari bilan boğliq vaziyat sababli Bişkek Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasidagi vakillarini çaqirib olişga va hatto YeOIIda iştirok etişini savol ostiga qöyişga ham tayyorligini bildirgandi.












