Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina maktablarida sentyabr oyidan darslar faqat ukrain tilida tashkil etiladi
Ukraina parlamenti o‘rta maktablarda ta'lim tilini ukrain tiliga o‘tkazishni 2023 yilgacha ortga surishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmadi.
Ukraina Oliy Radasi 17 iyulda “Xalq xizmatkori” fraksiyasi deputati Maksim Bujanskiy tomonidan taklif qilingan qonun loyihasini ko‘rib chiqmadi. Bu hujjat o‘rta maktablarning ukrain tiliga o‘tishini 2023 yilgacha ortga surib turishni nazarda tutar edi. Endilikda, barcha maktablar 1 sentyabrdan darslarni ukrain tilida tashkil etadi.
Bujanskiy qonun loyihasi Ukrainaning “Ta'lim to‘g‘risida”gi hamda “Ukrain tilining davlat tili sifatida qo‘llanilishini ta'minlash to‘g‘risida”gi qonunlari talablarini joriy qilish muddatini o‘zgartirishni nazarda tutar edi. Endilikda, o‘rta maktablardagi fanlar bo‘yicha ta'limning 80 foizi ukrain tilida berilishi zarur bo‘ladi.