20 iyul, duşanba kuni koronavirusdan vaksinaning klinik sinovlarida qatnaşgan köngillilarning sönggi guruhi Burdenko nomidagi harbiy gospitaldan çiqariladi, dedi Rossiya qurolli kuçlari Radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qöşinlarining 48-markaziy ilmiy-tadqiqot instituti rahbari, Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir a'zosi, biologiya fanlari doktori, professor, tibbiyot xizmati polkovnigi Sergey Boriseviç «Krasnaya Zvezda» gazetasiga bergan intervyusida.

Guruh 20 kişidan iborat edi. Ularda Mudofaa vazirligi va N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi tomonidan birgalikda işlab çiqarilgan vaksina sinab körildi.

«Olimlar hali katta hajmdagi tahliliy işlarni bajarişi, yakuniy hisobotlarni tayyorlaşi, natijalarni taqdim etişi, vaksina preparatini davlat röyxatidan ötkazişi lozim. Ammo, hozir mavjud tahlil ma'lumotlari şuni tasdiqlaydiki, emlaş natijasida köngillilarda koronavirusga qarşi zarur antitanaçalar aniqlandi, vaksina tarkibiy qismlari esa odamlar uçun xavfsiz va yaxşi qabul qilinadi», - deya izoh berdi Boriseviç klinik tadqiqotlar natijalariga.

Şuningdek, u organizmga koronavirusga qarşi immunitet beradigan antitanaçalar vaksina yuborilganidan keyin uzoq vaqt davomida saqlanib qolişini aytdi. «Ebola bezgagiga qarşi ikkita va Yaqin şarq respirator sindromiga qarşi bitta vaksina işlab çiqilgan platformaning imkoniyatlari emlaşdan keyin hosil bölgan himoya titrini uzoq muddat saqlaşga imkon beradi», - dedi Boriseviç.

Tadqiqotlar davomida qözğatuvçini miqdoriy baholaş metodologiyasidan foydalanildi, u 48-markaziy ilmiy-tadqiqot institutida işlab çiqilgan, deya aniqlik kiritdi institut rahbari. Şuningdek, şifokorlar laboratoriya modelini qölladilar, u dorilarning himoya samaradorligini baholaş uçun kasallikning keçişini körişga imkon berdi.

Burdenko nomidagi gospitalda köngillilar uçun klinik sinovlar 18 iyun kuni boşlandi. Vaksinani qabul qilgan birinçi guruh 18 kişidan iborat edi. Ikkinçi guruhga preparat birinçi klinik tadqiqotlar natijalari keyingi tadqiqotlarga imkon berganidan bir neça kun ötgaç berildi.

Iyun oyining oxirida köngillilar özlarini yaxşi his qilayotganliklari haqida xabar qilişdi, heç qanday asoratlar yoki nojöya ta'sirlar aniqlanmagan.