IIV YHXBB podpolkovnigi 51 yoshida vafot etdi
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati katta mutaxassisi, podpolkovnik Zoyir Saydaliyev 2020 yil 21 iyul kuni 51 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilindi.
«Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati katta mutaxassisi, podpolkovnik Zoyir Saydaliyev Ahmatovichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi», deyiladi vazirlik xabarida.
Hozircha bu xodim o‘limi sababi ma'lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 13-14 iyul kunlari Toshkent shahar IIBB xodimi, 36 yoshli mayor A'loxon Shamahmudov va IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i, 48 yoshli podpolkovnik Shavkat Nafasov koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi. SSV bu o‘lim holatlarini 15 iyul kuni tasdiqladi.
Shuningdek, 16 iyul kuni Ichki ishlar vazirligi Sergeli IIO FMB podpolkovnigi Abdulaziz Toshev 12 iyul kuni 42 yoshida vafot etgani, uning o‘limiga koronavirusdan kasallangani sabab bo‘lgani haqida xabar berdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi shu kuni o‘lim holatini tasdiqladi.
Mavzuga oid
17:21 / 26.08.2023
AQSh Xalqaro rivojlanish agentligi Ichki ishlar vazirligiga 50 ming dollarlik texnikalar berdi
16:19 / 28.07.2023
O‘zbekistonda yagona «112» tezkor raqami va dispetcherlik tizimi ishga tushiriladi
16:12 / 28.07.2023
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarlaridan biri ishdan olindi
16:31 / 04.03.2023