Shahar hokimligi tomonidan mazkur yangi quvvatni ishga tushirish uchun tibbiyot xodimlari ishga jalb qilinishi ma'lum qilingan.
Ish 15 kunlik navbatchilik tartibida tashkil qilinadi hamda xodimlarga quyidagi umumiy hisobdan:
- vrachlarga 15 000 000 so‘m;
- hamshiralarga 10 000 000 so‘m;
- kichik tibbiyot xodimlariga 5 000 000 so‘m;
- ko‘ngillilarga 5 000 000 so‘m ish haqi to‘lanadi.
Ish vaqti 12 soatdan iborat bulib, 8 soat ish, 4 soat dam olish vaqti ko‘zda tutilgan. Tibbiyot xodimlari tibbiy himoya vositalari bilan ta'minlanadi. Xodimlarga yotoqxona va ovqatlanish to‘liq tashkil qilingani holda, maoshlari har kuni to‘lab boriladi.
Murojaat uchun telefonlar: 71 210 02 02, 71 210 02 31
Reportaj: ‘Koykalar paviloniga’ aylangan «O‘zekspomarkaz»
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyati Zangiota tumani «Ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasi»ga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ishga taklif etadi.
Shifokorlar:
- Anesteziolog-reanimatolog;
- infeksionist;
- epidemiolog;
- vrach-laborant;
- vrach-rentgenolog va boshqa barcha mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar.
Hamshiralar:
- Reanimatsiya hamshirasi;
- palata hamshirasi va boshqa barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlari;
- kichik tibbiyot xodimlari.
14 kunlik ish faoliyati uchun ish haqi joyida beriladi. Murojaat uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining Xodimlar bo‘limiga murojaat qilish mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:














