Rossiyaning COVID-19’ga qarşi birinçi vaksinasi tayyor böldi, dedi mamlakat mudofaa vazirining birinçi örinbosari Ruslan Tsalikov «Argumenti i fakti» naşriga bergan intervyusida.

«Mutaxassislarimiz va Milliy tadqiqot markazining olimlari sinov natijalarini yakuniy baholaşdan ötkazdilar. Köngillilarga javob beriş paytida, koronavirusdan immunitet olgan ularning barçasi özini yaxşi his qildi. Şu tariqa, yangi koronavirus infeksiyasiga qarşi birinçi mahalliy vaksina tayyor», - dedi Tsalikov.

N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi tomonidan işlab çiqilgan vaksinaning klinik sinovlari iyun oyi örtalaridan boşlab Seçenov universitetida hamda N.N. Burdenko nomidagi harbiy gospitalda ötkazildi. 

Vaksinani köngillilarda ötkazilgan klinik sinovlari natijalariga Rossiya fanlar akademiyasining muxbir a'zosi, biologiya fanlari doktori, professor, tibbiy xizmat polkovnigi Sergey Boriseviç izoh berdi.

«Olimlar hali katta hajmdagi tahliliy işlarni bajarişi, yakuniy hisobotlarni tayyorlaşi, natijalarni taqdim etişi, vaksina preparatini davlat röyxatidan ötkazişi lozim. Ammo, hozir mavjud tahlil ma'lumotlari şuni tasdiqlaydiki, emlaş natijasida köngillilarda koronavirusga qarşi zarur antitanaçalar aniqlandi, vaksina tarkibiy qismlari esa odamlar uçun xavfsiz va yaxşi qabul qilinadi», - dedi u.

Şuningdek, u organizmga koronavirusga qarşi immunitet beradigan antitanaçalar vaksina yuborilganidan keyin uzoq vaqt davomida saqlanib qolişini aytdi. «Ebola bezgagiga qarşi ikkita va Yaqin şarq respirator sindromiga qarşi bitta vaksina işlab çiqilgan platformaning imkoniyatlari emlaşdan keyin hosil bölgan himoya titrini uzoq muddat saqlaşga imkon beradi», - dedi Boriseviç.

Tadqiqotlar davomida qözğatuvçini miqdoriy baholaş metodologiyasidan foydalanildi, u 48-markaziy ilmiy-tadqiqot institutida işlab çiqilgan, deya aniqlik kiritdi institut rahbari. Şuningdek, şifokorlar laboratoriya modelini qölladilar, u dorilarning himoya samaradorligini baholaş uçun kasallikning keçişini körişga imkon berdi.

Burdenko nomidagi gospitalda köngillilar uçun klinik sinovlar 18 iyun kuni boşlandi. Vaksinani qabul qilgan birinçi guruh 18 kişidan iborat edi. Ikkinçi guruhga preparat birinçi klinik tadqiqotlar natijalari keyingi tadqiqotlarga imkon berganidan bir neça kun ötgaç berildi.