Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati Zulhijja oyi qaçondan boşlanişi haqida ma'lumot berdi.
Misr Arab Respublikasidagi “Dorul Ifto” fatvo hay'ati tomonidan hijriy 1441 yil Zulhijja oyining birinçi kuni milodiy yil hisob böyiça 2020 yil 22 iyul kuniga töğri kelayotgani e'lon qilindi.
Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga köra, şu munosabat bilan Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotganlar çeklangan adaddagi mahalliy ziyoratçilar 2020 yil 30 iyul, arafa kuni Arafot toğida jam böladilar.
“2020 yil 31 iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni bölib, Islom olamidagi eng uluğ bayram Iydul-Azho – Qurbon hayitining birinçi kuni böladi, inşa Alloh”, - deyiladi xabarda.












