2020 yil yanvar-iyun oylarida Özbekiston 2,1 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qömitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Qömita ma'lumotlariga köra, 2019 yil yanvar-iyun oylariga nisbatan ösiş 101,4 foizni taşkil etdi. 2020 yil yanvar-iyun oylarida Özbekistonning eksport tarkibida oltinning uluşi 33,8 foizga teng böldi.
Ta'kidlab ötiş joizki, sönggi yillarda Özbekiston oltin eksportini oşirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni taşkil etdi.
Avvalroq, Özbekiston beş oyda qança oltin sotgani oçiqlangandi.

















