Shuni inobatga olgan holda, barcha abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ-4359-son qaroriga muvofiq, OTMlarga qo‘shimcha qabul bo‘yicha tartib yana bir bor eslatib o‘tiladi.

Qaror bo‘yicha 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:

Oliy ta'lim muassasalari mavjud quvvati, moddiy-texnik bazasi hamda professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, bo‘ysunuviga ko‘ra vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda oliy ta'lim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Bakalavriatga qo‘shimcha qabul bormi?

Bor. Faqat, to‘lov-kontrakt miqdori to‘plangan ballga ko‘ra tabaqalashtirilgan darajada («dopkontrakt», «superkontrakt») hisoblanadi. Masalan: bazaviy kontraktga nisbatan 1,5 baravar, 2 baravar, ...., 10 baravar va hokazo.  

Izoh: Ammo belgilangan ushbu tartib bo‘yicha OTMlar o‘qishga o‘zi istagan va duch kelgan kishini emas, to‘plagan balli bo‘yicha nisbatan yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarni ketma-ketlikda qabul qilish kerak.

Magistraturaga qo‘shimcha qabul bormi?

Bor. To‘lovi - oddiy, bazaviy kontrakt miqdorida. 

Izoh: Magistratura bosqichiga qo‘shimcha qabul kontrakt to‘lovlarida oshirilgan miqdor bo‘lishi mumkin emas.