«Human» xususiy bandlik agentligi rahbari Şohnur Fayzullayevning jinoiy harakatlari natijasida jabr körgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni ularning hisob raqamlariga tezkorlik bilan ötkaziş maqsadida Boş prokuratura huzuridagi MIB, «Ipoteka bank» hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda hududlarda işçi guruhlar taşkil etilgan.
Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berişiça, 18-19 fevral kunlari işçi guruhlar tomonidan iş böyiça ötkazilgan ijro harakatlari jarayonida 1007 nafar fuqaro özlariga va yaqinlariga yetkazilgan zarar masalasini qaytariş masalasida murojaat etişgan.
Jabrlanganlarning 91 nafari respublika hududidan çiqib ketgani aniqlanib, ularning yaqin qarindoşlariga moddiy zararni qaytariş tartibi böyiça huquqiy tuşuntirişlar berilgan.
Qisqa muddat davomida 916 nafar undiruvçiga bank xizmat haqi undirilmasdan bank kartasi oçilib, şundan 819 nafariga sud hujjatida körsatilgan 17,2 mlrd söm pul mablağlari ötkazilişi ta'minlangan.


Şuningdek, bank kartalariga tuşgan mablağlarni fuqarolarning talablariga köra, bir vaqtning özida heç qanday bank xizmat haqlari undirilmasdan naqd pul körinişida berilmoqda.
Qolgan 97 nafar undiruvçiga pul ötkazişda hujjatlarda texnik xatoliklar aniqlangani sababli, işçi guruh tomonidan ularni qisqa muddat davomida bartaraf etiş va pul mablağlarini ötkaziş çoralari körilmoqda.
«Şu örinda, moddiy zararni qaytariş masalasida murojaat etmagan 69 nafar fuqarolarimizga hududlarda taşkil etilgan işçi guruhlarga murojaat qilişlari va yetkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga ötkazilişini eslatib ötamiz», deyiladi MIB matbuot xizmati xabarida.
Hududlarda taşkil etilgan işçi guruhlari:

Eslatib ötamiz, «Human» bandlik agentligi rahbari Şohnur Fayzullayev va boşqalar minglab fuqarolardan Germaniya, Çexiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Bolgariya va Litva davlatlariga işga joylaştirişni va'da qilib, ularning har biridan (taklif etilgan işdan kelib çiqqan holda) 6 300 000 sömdan 35 000 000 sömgaça pul olgan. Biroq amalda ularni heç qayerga yubormay, juda köp miqdordagi mablağni firibgarlik yöli bilan özlaştirganlikda ayblanib, sudga tortilgandi.
















