Ayo Sofiyaning ibodatga oçilişi munosabati bilan bugun erta tongdan odamlar juma namozini ado qiliş maqsadida Ayo Sofiya masjidi tomon yöl olişdi.

Ba'zi yöllar harakat uçun yopildi

Ayo Sofiya qayta oçilgani sababli Istanbul şahrining ba'zi yöllarida transport harakati töxtatildi. Xususan, Otaturk xiyoboni, Ğoziy Mustafo Kamol Poşo köçasidan to Tarixiy yarimorolga qarab ketgan barça yöllarda, şuningdek, Galata köprigi, Kennedi, Reşadiye, Ragip Kumuşpala prospektlariga olib boradigan yönalişlarda transport vositalari harakati vaqtinça töxtatildi.

Yevroosiyo tunneli esa oçiq qoldirildi. Dengiz, metro va marmaray xizmatlarida (Istanbulning Osiyo va Yevropadagi qismlarini boğlagan va böğoz ostidan ötgan temir yöl liniyasi) harakat davom etdi. Boyazid va Eminönu bekatlari orasidagi tramvay harakati duşanba kuni soat 06:00ga qadar töxtatilgan.

Tayyorgarlik işlari

Ibodat vaqtida suratlar tösib qöyildi Foto: Getty Images

Istanbul hokimiyati tomonidan berilgan ma'lumotlarga köra, Ayo Sofiya va uning atrofida ayollar uçun ikkita (Mehmet Akif boği, Sultonahmet maqbarasi yonidagi maydon), erkaklar uçun esa uçta oçiq maydon (Ayo Sofiya maydoni, Sultonahmet maydoni va Bazilika prospekti) namoz öqiş uçun ajratildi.

Namoz öqiladigan joylarga Boyazid maydoni, Sirkei va Çattikapi orqali kirildi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Bu joylarga kiriş politsiya tomonidan 11ta nazorat punkti orqali amalga oşirildi. Tekşiriş punktlaridan tez va oson ötilişini ta'minlaş uçun odamlardan özlari bilan sumka olib kelmaslik söralgandi.