Qabul masalasiga bağişlangan brifingda kiriş imtihonlariga qatnaşa olmagan abituriyentning test sinovlarida qatnaşiş uçun qilgan tölov puli qaytarilişi töğrisidagi savolga javob berilgan edi.

DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov test sinovlariga qatnaşa olmagan abituriyent uçun ham joy, kerakli şaroit tayyorlanişi, nazoratçilar biriktirilişi, şuning uçun ham qilingan tölov puli qaytarilmasligini ma'lum qilgandi.

Davlat test markazi bu javobning ijtimoiy tarmoqlarda notöğri talqin etilgan deb hisoblab, öz rasmiy kanalida munosabat e'lon qildi.

«Test sinovi uçun tölovni qaytarib beriş masalasi böyiça savolga berilgan javob ijtimoiy tarmoqlarda notöğri talqin qilinmoqda. Test sinovi uçun tölovni amalga oşirgan abituriyentlarning tölovi har qanday holatda ham qaytarilmaydi degan tuşunça butunlay xato.

Misol uçun, dastlab test sinovlari ötkaziladigan ta'lim yönalişiga röyxatdan ötgan va tölovni amalga oşirgan, keyinçalik esa tanlagan ta'lim yönalişini töliq ijodiy imtihon böladigan yönalişga özgartirgan abituriyentlarning yoki şu kabi tölovni notöğri amalga oşirgan abituriyentlarning tölovlari hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarga qaytarilmoqda», deyiladi DTM xabarida. 

Qayd etilişiça, test sinovlaridan söng uzrli sabablarga köra imtihonda iştirok eta olmagan abituriyentlarning tölovlari ham qaytariladi.