O‘zbekiston | 11:39 / 24.07.2020
16675
3 daqiqa o‘qiladi

Vodiy viloyatlarida yoz kunlarida ham «svet» o‘cha boshladi. Mutasaddilar nima deydi?

O‘zbekistonda odatda sovuq fasl kirib kelishi bilan elektr va gazga talab ortib, tizimda muammolar paydo bo‘lardi. Bu yil esa yozning eng issiq kunlarida ham vodiy viloyatlari aholisidan elektr ta'minotida uzilishlar bo‘layotgani haqida murojaatlar tusha boshladi.

Kun.uz muxbiri vodiyning uch viloyatidagi «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonalari dispetcherlari bilan bog‘lanib, ayni paytda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar va aholiga iste'mol uchun elektr energiyasi talabga nisbatan qay darajada yetkazib berilayotgani bilan qiziqdi.

Namangan viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilari izohi:

«Biz markaziy energotizimdan iste'molchilar uchun elektr energiyasini ajratilgan limitdan ko‘ra ko‘proq miqdorda olib  kelayotgan edik. Namangan viloyati uchun bir kunlik ajratilgan limit 11 million 85 ming kVt/soatni tashkil etadi.

Biz 20 iyulgacha kuniga 11 mln. 700 ming kVt/soat atrofida ishlatib kelayotgan edik. Endi, Respublikadan limitga tushishimizni talab qilishyapti.

Shuning uchun kuniga 600 ming kVt/soat atrofidagi energiyani tejash uchun qaysidir hududni o‘chirib turishimizga to‘g‘ri kelyapti. 20 iyuldan boshlab viloyat bo‘yicha iste'molni 11 million kilovatt soatga tushirdik. Buning oqibatida deyarli barcha tumanlarda vaqti-vaqti bilan tok o‘chyapti. Sug‘oriladigan joylardagi nasoslar bor joylarni muntazam tok bilan ta'minlab turibmiz. Bu holat bo‘yicha «yuqori»dan so‘radim, lekin cheklov qachongacha davom etishi haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Namangan viloyatiga hozirgi kunda 11 mln. 700 ming kVt/s energiya berishsa muammo bo‘lmaydi».

Andijon viloyat hududiy elektr tarmoqlari tezkor dispetcherlik xizmati izohi:

«Karantin kunlarida ko‘p tashkilotlar to‘liq ishlamayotgani sabab Andijon viloyatining bir kunlik elektr energiyasi ta'minoti 9,5 mln. kVt/soatni tashkil etmoqda. Ayni paytda hududimizda energiya yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar bo‘lgani yo‘q. Iloji boricha aholi tomonidan e'tirozlar bo‘lmasligi uchun harakat qilmoqdamiz».

Farg‘ona viloyati bo‘yicha savollarga hududiy elektr tarmoqlaridan quyidagicha javob berildi:

«Cheklov bo‘yicha Toshkentdan chiqishib, Navoiy viloyatidagi TES o‘chganini bildirishib, belgilangan limit bo‘yicha ishlashimiz bo‘yicha topshiriq berishdi.

Farg‘ona viloyatining elektr iste'moli katta. 22 iyul kuniga viloyatga berilgan umumiy elektr energiyasining miqdori 15 mln. 147 ming kVt/soatni tashkil etdi. 22 iyul kuniga respublika tomonidan berilgan topshiriqqa asosan 15 mln. 130 ming kVt/soat ishlatishimiz kerak edi. Biz 17 ming kVt/soat ko‘p ishlatdik.

Joylarda ketayotgan ta'mirlash ishlari bo‘lsa aholini ogohlantirib so‘ng elektr o‘chirilyapti. Ayni paytda aholi vakillaridan murojaatlar tushgani yo‘q».

Viloyatlarning yoz kunlarida belgilangan limit asosida ishlashiga nima sabab bo‘layotgani haqidagi savolga esa «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ma'muriyatidan izoh kutib qolamiz.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 