IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berişiça, Buxoro şahridagi yangi qurilayotgan köp qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini şaharning asosiy kanalizatsiya tizimiga ulaş vaqtida 3 nafar erkak is gazidan vafot etgan, yana biri şifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, 24 iyul kuni «Buxoro maxsus suv quriliş» MÇJ xodimlari Buxoro şahrining  Abdurahmon Jomiy köçasida joylaşgan yangi qurilayotgan köp qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini şaharning asosiy kanalizatsiya tizimiga ulaşayotganda kanalizatsiyadan çiqayotgan gazlardan zaharlanişgan.

45 va 47 yoşli işçilar quvurlarni montaj qiliş jarayonida huşidan ketganini körgan 27 yoşdagi boşqa bir işçi ularga yordam beriş maqsadida kanalizatsiya quvuriga tuşgan. Biroq u ham kanalizatsiyadan çiqayotgan gazlardan zaharlanib huşidan ketgan. Unga yordamga şoşilgan 41 yoşli yana bir işçi quvur içiga tuşgan,  u ham zaharlanişdan huşidan ketgan.

Tergov departamenti hodisa joyiga yetib borgan mahalliy aholi faqatgina «Buxoro maxsus suv quriliş» MÇJ 41 yoşli xodimini qutqarib qolgani, qolgan uç erkak hodisa joyida is gazidan zaharlanib vafot etganini bildirmoqda.

Hayoti saqlab qolingan işçi ayni paytda şifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyida tergovoldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.