Iş vaqti soat 9:00 dan 21:00 gaça.
Koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraşda faol iştirok etayotgan, ammo belgilangan iş haqi va maxsus ustamalarini öz vaqtida olmagan tibbiyot xodimlari uçun işonç telefoni yölga qöyildi.
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi xabariga köra, tibbiyot xodimlari töğridan-töğri tezkor Ştabning işonç telefon raqamiga murojaat qiliş mumkin: +99871-207-99-84.
Qayd etilişiça, iş vaqti soat 9:00 dan 21:00 gaça.
Mart oyi oxirlarida koronavirusga qarşi kuraşişga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini rağbatlantirişga oid prezident qarori e'lon qilindi.
Qarorga asosan, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirişadigan, zararlangan bemorlar joylaştirilgan obektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlaş laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan qator toifa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uçun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan taşqari) maxsus qöşimça rağbatlantiriş tölovi belgilandi:
vraçlar va vraç-laborantlarga 25 million söm;
örta tibbiyot xodimlariga, hamşira-laborantlarga 15 million sömdan;
kiçik tibbiyot xodimlariga 10 million sömdan;
boşqa xodimlarga 5 million sömdan.
Koronavirus bilan kuraşayotgan şifokorlarga 25 million sömdan oylik ustama tölanadi
















